Silva "Milan"ga qaytishi mumkin
07 apr 2020 23:08
Yangiliklar


Silva "Milan"ga qaytishi mumkin
PSJ himoyachisi Tiago Silvaning agenti Paulo Tonetto mijozining "Milan" qaytish ehtimoli haqidagi xabarlarga izoh berdi.
"Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Ammo hozir pandemiya holati tufayli kutish variantini maqul ko'ramiz.
Tiago "Milan"ni yaxshi ko'radi, u faoliyatidagi eng yaxshi yillarni shu erda o'tkazgan. SHuningdek, jamoa muxlislari ham uni yoqtirishlarini biladi".
Malumot uchun, 35 yoshli braziliyalik futbolchining Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar