Silva faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin
19 dek 2019 23:31
Yangiliklar
Silva faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin
"Al Duxail" klubi ispaniyalik futbolchini o'z safida ko'rishni xohlamoqda.
"TuttoMercatoWeb" nashri xabariga ko'ra, "Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi David Silva faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin. "Al Duxail" 33 yoshli futbolchiga shartnoma taklif qilishga tayyor. Qatar klubi allaqachon Silvaning agentlari bilan ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilishga ham ulgurgan.
Eslatib o'tamiz, Silvaning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Ispaniyalik futbolchi "Manchester Siti" bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas. U joriy mavsum APLning 15 uchrashuvida maydonga tushdi va o'z hisobiga 3 gol va 6 ta samarali uzatma yozdirib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar