So’nggi yangiliklar

18:41"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Динамо"ни мағлуб қилди  0 18:24Россиялик собиқ футболчи Эрон термаси ҳақида: "Сайёҳлар жамоаси. Улар қандай қилиб жаҳон чемпионатига чиқди, ҳайронман"  14 17:58Жон Оби Микел ўзининг АПЛ рамзий термасини тузди  1 17:43"Ливерпуль" футболчиси жароҳат сабабли термаси ихтиёрини тарк этди  0 17:16Назорат ўйини. "Сурхон" ва "Локомотив" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди  0 16:38Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17. Таркиблар маълум  7 16:16ЖЧ-2026 саралаши. Бугун Осиёда иккита ўйин бор  2 15:31"Интер Майами" Неймарга қизиқмоқда. Бразилиялик футболчи "Барса"да Месси ва Суарес билан ўйнаган  3 14:49"Ал Аҳли" Винисиус учун "Реал"га 300 млн фунт тўлашга тайёр  2 13:53Мбаппе жиддий жароҳатдан қутулиб қолди. У кейинги ҳафтада "Реал" билан машғулот ўтказиши мумкин  10 13:10"Бавария" 39 ёшли Нойер билан шартномани узайтиради?  2 12:32"Манчестер Юнайтед" "Реал" ярим ҳимоячисига эътибор қаратди  2 12:02Кевин Амаро: "Ўзбекистон - биз учун сирли жамоа"  3 11:29"Ювентус" Сандро Тонали учун "Манчестер Юнайтед" билан баҳслашади  0 10:55Англиялик футболчи одам ўлдиргани учун қамоқхонада ўтириб чиқиб, собиқ жамоасига қайтди  3

Siavash Haqnazariy: "Birinchi davra qanday o'tgani haqida gapirishni istamayman. Yangi bosh murabbiy jamoaviy ruhimizni o'zgartirdi" Yangiliklar

Siavash Haqnazariy: "Birinchi davra qanday o'tgani haqida gapirishni istamayman. Yangi bosh murabbiy jamoaviy ruhimizni o'zgartirdi"

"Navbahor" jamoasinig eronlik futbolchisi Siavash Haqnazariy "So'g'diyona"ga qarshi kechgan kubok bahsidan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.

- Dramatik kechgan uchrashuvda "Navbahor" yarim finalga yo'l oldi. Bugungi uchrashuv haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Bugungi uchrashuvni tomosha qilgan muxlislar o'yindan rohatlanishdi. Ikki jamoa ham hujumkor va agressiv futbol namoyish etishdi. Biz dastlabki daqiqalardanoq raqib darvozasida xavfli vaziyatlar yarata boshladik, ammo tablodagi hisobni o'zgartira olmadik. Bunday o'yinlarda faqat bitta jamoaga keyingi bosqichga yo'l oladi va bu jamoa biz bo'ldik. Qo'shimcha bo'limlarda vaziyatni o'nglay oldik va keyingi bosqichga yo'l oldik. Bugungi uchrashuvdan so'ng bizda yanada ko'proq ishtiyoq paydo bo'ldi.

- Mavsum avvalida yangi jamoaga o'tdingiz, lekin birinchi davra siz uchun juda omadsiz bo'ldi. Ko'p jarohatlar oldingiz va deyarli o'yin amaliyotisiz qolib ketdingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Men u davr haqida o'ylashni istamayman to'g'risi, hozirgi vaqt va kelajagim haqida fikr yuritishim to'g'riroq bo'ladi. Vaqt barcha to'g'ri va noto'g'ri qarorlarni ko'rsatib qo'ydi. Men ushbu holatdan hafa edim, ammo menga taqdim etilgan sanoqli daqiqalarda imkon qadar yaxshiroq o'ynashga harakat qildim. Bu meni xarakterim, men shunday o'ynashga o'rganganman. Mehnat qilishda davom etish har doim o'z mevasini berishiga ishonaman. Hayotimizda sodir bo'layotgan voqealarning barchasi yaratgan egam tomonidan yo'llangan sinovdir.

- "Navbahor" jamoasida bosh murabbiy o'zgardi. Yangi bosh murabbiy jamoada qandaydir o'zgarishlarga qo'l urdimi? Jamoada qanday o'zgarishlar ro'y berdimi?

- Ushbu qisqa vaqt ichida ro'y bergan asosiy o'zgarishlardan biri bu jamoadagi mentalitet. Jamoaning fikrlashi va o'yin haqida tassavurlari o'zgardi. Hujumkor futbol o'ynashga intilamiz va bu o'zimizga bo'lgan ishonchni yanada kuchaytiradi.

- "Navbahor" ikkinchi davrada o'z oldiga qanday maqsadlar qo'ydi?

- Mavsumdagi o'yindan buyon maqsadimiz - ligadagi eng yaxshi jamoa bo'lish. Kubok bahslarida ham muvaffaqiyat qozonishni maqsad qilganmiz. CHempionatda ko'p ochkolar yo'qotdiq, lekin ochkolarni so'nggi uchrashuvdan so'ng hisoblash to'g'riroq bo'ladi.

- O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 uchinchi saralash bosqichida Eron bilan bir guruhdan joy oldi. Ayni damdagi Eron terma jamoasi haqida fikringiz qanday? Ushbu terma jamoalar o'rtasida kechadigan ikki to'qnashuv haqida ham gapirib o'tsangiz?

- Mening fikrimcha, O'zbekiston va Eron terma jamoalari Osiyo kubogida yaxshi natijaga erisha olishmadi. Ushbu jamoalar yaxshiroq natija qayd etishga qodir. JCH-2026 saralashining guruh bosqichida aynan shu ikki terma jamoa guruhda etakchilik qiladi deb o'ylayman. Qatar ham ancha kuchli jamoa. Natija qanday bo'lishini esa oldindan bashorat qilish noto'g'ri.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика