So’nggi yangiliklar

20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  2 20:10Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  140 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  33 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2

Siavash Haqnazariy: "Hakamlar Martinni haqorat qilgani uchun jahlim chiqdi" Yangiliklar

Siavash Haqnazariy: "Hakamlar Martinni haqorat qilgani uchun jahlim chiqdi"

Siavash Haqnazariy finaldan keyin nega hakamlar bilan janjallashgani haqida gapirdi.

"Birinchi navbatda, OKMK va "Nasaf" muxlislari hamda stadionda bo'lgan barchadan uzr so'rayman. Jamoadoshlarim biladi, men hech qachon hakamga etiroz bildirmayman va ular bilan bahslashmayman. Bunday qilish noto'g'ri. Hakamlarning yoniga borganimda o'yin haqida hech nima so'ramadim va ularga hech nima demadim. Men Martin Boakeni hakamlar oldidan olib ketish uchun kelgan edim xolos. U hakamlar bilan oddiy gaplashib turgandi. Lekin men hakamlar Martinga nima deganini eshitib qoldim va jahlim chiqib ketdi. Hakamlar Martinga nisbatan rus tilida yomon so'zlar ishlatayotgan edi. Men hakamlarga nega Martinni haqorat qilyapsizlar, dedim va etiroz bildirdim, sababi Martin rus tilini tushunmaydi. Men hakamlarga etiroz bildirganimdan keyin ham hakamlar rus tilida bizga nisbatan yomon so'zlar ishlatishda davom etdi. Menimcha, ular meni rus tilini bilmaydi deb o'ylagan, ammo men rus tilini tushunaman. Men vaziyatni boricha aytib berdim. Bu natija yoki bugungi uchrashuv tufayli emas. 

Ha, biz bugun mag'lub bo'ldik va hozir yaxshi kayfiyatda emasmiz. Ammo bu – futbol, unda hamma narsa bo'ladi. Qaysidir jamoa g'alaba qozonadi, qaysidiri mag'lub bo'ladi. Futbolchilar xato qiladi, hakamlar ham xato qilishi mumkin. Bu futboldagi tabiiy holat. Lekin hozirgi kunga kelib butun dunyo irqchilikka qarshi kurashmoqda. Ayrim bir insonlar bizga nisbatan bunday munosabatda bo'lishlariga yo'l qo'ymasligimiz kerak. O'yinda bosim katta bo'ladi, ammo hakamlarning futbolchilarga nisbatan bunday so'zlar ishlatishga haqqi yo'q. Men ushbu so'zlarni futbol ichidagi insonlardan eshitdim. O'zbekistonda legionerman va ushbu holat meni juda xafa qildi", – dedi OKMK futbolchisi Siavash Haqnazariy.




Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика