Shyurrle Londonga uchib bordi

Mirjalol Normatov
25 iyul 2018, 10:31
Dortmundning "Borussiya"si yarim himoyachisi Andre Shyurrle "Fulxem"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi jamoada tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Londonga uchib borgan. Oldinroq uning xizmatlariga "Kristal Pelas" tomonidan qiziqishlar bo'layotgandi.

Shyurrle 2016 yildan buyon "Borussiya" sharafini himoya qilayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports\