SHveciyada ikki futbolchi kelishilgan o'yin uchun qamoq jazosiga hukm etildi
01 iyu 2016 18:04
Yangiliklar
SHveciyada ikki futbolchi kelishilgan o'yin uchun qamoq jazosiga hukm etildi
SHveciyada ikki futbolchi kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani uchun qamoq jazosiga hukm etildi.
Ushbu ish bo'yicha 6 kishi ayblanayotgan edi, 4 kishiga shartli jazo berildi.
Ayblanuvchilar SHveciya chempionatining 2013/14 mavsumida uchta kelishilgan o'yinda ishtirok etgani aniqlandi. Avvaliga tuman sudi ayblanuvchilarni oqlagan edi, ammo apellyaciya sudi ularning har birini aybdor deb topdi.
Pora olgan uch futbolchi hamda kelishilgan o'yinlar tashkilotchisi shartli jazo olishdi. Boshqa futbolchilarga pora bergan ikki o'yinchi 12 va 14 oyliy qamoq jazosiga hukm etildi. Uchinchi tashkilotchiga shartli jazo tayinlandi, chunki u policiya bilan hamkorlik qildi va hamtovoqlariga qarshi ko'rsatma berdi.
Fikrlar