Shvetsiyada ikki futbolchi kelishilgan o'yin uchun qamoq jazosiga hukm etildi

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2016, 18:04
Shvetsiyada ikki futbolchi kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani uchun qamoq jazosiga hukm etildi.

Ushbu ish bo'yicha 6 kishi ayblanayotgan edi, 4 kishiga shartli jazo berildi.

Ayblanuvchilar Shvetsiya chempionatining 2013/14 mavsumida uchta kelishilgan o'yinda ishtirok etgani aniqlandi. Avvaliga tuman sudi ayblanuvchilarni oqlagan edi, ammo apellyaciya sudi ularning har birini aybdor deb topdi.

Pora olgan uch futbolchi hamda kelishilgan o'yinlar tashkilotchisi shartli jazo olishdi. Boshqa futbolchilarga pora bergan ikki o'yinchi 12 va 14 oyliy qamoq jazosiga hukm etildi. Uchinchi tashkilotchiga shartli jazo tayinlandi, chunki u policiya bilan hamkorlik qildi va hamtovoqlariga qarshi ko'rsatma berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Thelocal