SHvaynshtayger Xaynkesni tabrikladi
09 may 2020 22:38
Yangiliklar
SHvaynshtayger Xaynkesni tabrikladi
"Siz bilan "Bavariya"da ishlagan paytlarim faoliyatimdagi eng yaxshi yillar bo'ldi. Meni yarim himoyaning markaziga ko'chirganingiz uchun emas, siz ko'plab murabbiylar qila olmagan ishni qildingiz — jamoani yana birlashtirdingiz.
Siz haqingizda yomon fikrda bo'lgan bitta ham kishini bilmayman. Doim futbolchilar bilan ochiq munosabatda bo'lgansiz, zahirada o'tirganlar bilan gaplashar, barchaga teng munosabatda bo'lar, o'yinchilar nima haqida o'ylayotganini yaxshi tushunardingiz.
Qadrli Yupp, men nafaqat siz bilan tanishish va ishlash, balki siz bilan do'stlashish imkoniga ham ega bo'ldim. 75 yoshga to'lganingiz bilan tabriklayman va sizga sog'lik tilayman", — Bastianning so'zlarini keltirdi "Bavariya" matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, Yupp Xaynkes 2012/13 yilgi mavsumda "Bavariya" bilan Germaniya chempionati va kubogi, Evropa CHempionlar Ligasida zafar quchgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar