So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

SHukurov: "Amerikadagi suniy maydon yaxshi edi, kechagi esa..." Yangiliklar

SHukurov: "Amerikadagi suniy maydon yaxshi edi, kechagi esa..."

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek SHukurov bugun saytimizga kechagi Turkmaniston bilan o'yin va bo'lajak Eron bilan bahs haqida o'z fikrlarini bildirdi.

— Kechagi g'alaba bilan tarbiklaymiz. O'yin haqidagi fikrlaringiz?

— Avvalambor assalomu aleykum, g'alaba bilan butun O'zbekistondagi futbol muxlislarini tabriklayman. Ko'rganingizdek og'ir o'yin bo'ldi. Bu JCH saralashi doirasidagi birinchi o'yin edi va maydon muammosi bor edi. Bunday joyda futbol o'ynash og'irroq va futbolchilarning sog'ligi uchun xavfli. Nima bo'lgan taqdirda ham uch ochko uchun borgandik va g'alabani qo'lgan kiritganimizdan juda ham xursandmiz. Inshoalloh, bugundan boshlab oldimizda turgan Eronga qarshi jiddiy o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.


— Futbolchi sifatida siz uchun tabiiy va suniy maydonning farqlari nimada?

— Suniy maydonda chim betonning ustiga yotqiziladi. Masalan, Amerikadagi maydonda o'ynasa bo'lardi, sababi unda rezina bor edi. Kechagida esa bu narsa yo'q. Bunday maydonda tez yugura olmaysiz va yugursangiz ham o'zingizni to'xtatishingiz qiyin. Futbolchi doim tabiiy maydonda o'ynab yurgandan so'ng bunday joyda o'ynasa juda og'ir bo'ladi. Bu bog'lamlar, bo'g'imlar va bellarga qiyinchilik tug'diradi. Bunday maydonda to'p yurmaydi va pas bergan joyingizga etib bormaydi. Meksika bilan o'ynadik, ammo u suniy maydonni yarmini tabiiy desa ham bo'ladi. SHuningdek, unga suv quyilgan va bu to'pning harakatlanishiga yordam beradi, kechagida esa suv ham qo'yilmagan. Maydondagi teshiklar hech narsa emas, uning qattiqligi eng katta salbiy tarafi edi.


— Eronga qarshi tayyorgarlik haqida nima deya olasiz?

— Inshoalloh, bugundan boshlab organizmimizni tiklash bo'yicha ish olib boramiz. Erta va indin kunidan esa jiddiy tarzda tayyorgarlikni boshlaymiz. O'zingiz aytganingizdek, Eron jismoniy jihatdan kuchli va o'yinga munosib tayyorgarlik ko'ramiz. Uydagi o'yin, saralash bahsi, bir so'z bilan aytganda juda muhim bellashuv. Hamma yigitlar tushunib turibdi va muxlislarning oldida yuzimiz yorug' bo'ladi deb o'ylayman.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика