So’nggi yangiliklar

10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  1 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  0 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  1 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  7 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  7 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1

SHukurali Po'latov: “Ushbu ikki jamoa o'rtasidagi o'yinlar azaldan o'zbek klassikosi deb nomlanardi” Yangiliklar

SHukurali Po'latov: “Ushbu ikki jamoa o'rtasidagi o'yinlar azaldan o'zbek klassikosi deb nomlanardi”

Farg'onaning “Neftchi” jamoasi o'z uyida “Paxtakor” klubini qabul qilib kichik 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu uchrashuvdan so'ng “Neftchi” jamoasi futbolchisi SHukurali Po'latov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

“Paxtakor” jamoasiga qarshi qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Ushbu ikki jamoa o'rtasidagi o'yinlar azaldan o'zbek klassiko deb nomlanardi. “Paxtakor” kuchli uchlikka kirish uchun kurash olib bormoqda. Bizga qaraganda rayib futbolchilari ruhiy tomondan ustunroq edi. Ushbu uchrashuvdan oldin Toshkentda “Obod” jamoasiga mag'lub bo'ldik, ko'p o'yinlarda ochkolar yo'qotdik. “SHerlar”ga qarshi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Kechagi uchrashuvdagi g'alaba shuni evaziga qo'lga kiritildi deb o'ylayman.

Muxlislarimiz oldida masuliyatli o'yin edi. G'alaba jamoaviy o'yin evaziga qo'lga kiritildi deb o'ylayman. CHunki, raqibimiz yaxshi klub hisoblanadi. Futbolchilari to'p bilan yaxshi momila qiladi. Bunday jamoani 1-2 kishi bilan mag'lub etib bo'lmaydi. G'alabada bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizni xissasi katta deb o'ylayman. Jamshid Iskanderovning maydondan chetlatilishi bizga katta yordam berdi.

Keyingi turni “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Ushbu uchrashuvda kim kuchli bo'lsa o'sha jamoa g'alaba qozonadi. Biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Muxlislarimiz oldida mag'lub bo'lishimizga haqqimiz yo'q”, - deydi “Neftchi” jamoasi himoyachisi SHukurali Po'latov

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика