So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  0 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  1 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

SHukurali Po'latov: “Jamoamizda g'alabaga bo'lgan ishonch yuqori” Yangiliklar

SHukurali Po'latov: “Jamoamizda g'alabaga bo'lgan ishonch yuqori”

Oliy liganing 11-turida Farg'ona viloyatining ikki jamoasi “Neftchi” hamda “Qo'qon-1912” jamoalari to'qnash kelishadi.
Bahsdan avval “Neftchi” futbolchisi SHukurali Po'latov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Markaziy himoyachi navbatdagi derbi oldidan munosabat bildirar ekan, “Neftchi” jamoasiga g'alaba suv va havodek zarur ekanligini aytib o'tdi.

- O'tgan yili o'z maydonimizda kutilmaganda Qo'qon jamoasiga mag'lub bo'lgandik. Ochig'i, o'sha bahsda omadimiz kelmagandi. Qo'qonliklarni hurmat qilamiz. Sergey Kovshov qo'l ostida ajoyib jamoa shakllangan. Biroq biz derbida faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Jamoamiz “Qo'qon-1912”ga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. Ayniqsa “Paxtakor” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng yigitlarni o'ziga bo'lgan ishonchi ortdi. Bu esa juda muhimdir. So'nggi bahslarda ishqibozlar tashrifining keskin pasayib ketishiga guvohi bo'lyapmiz. O'tgan turdagi muvaffaqiyatdan so'ng yana muxlislarimiz stadionga qaytishadi deb umid qilaman va jamoa vakili sifatida esa barcha farg'onaliklarni “Istiqlol” stadioniga chorlayman, - dedi Po'latov.

“Murabbiyimiz Murod Ismoilovni jamoamizga qaytgani faqat  foydamizga ishladi deb hisoblayman. Murod Muzaffarovich bosh murabbiyimiz Andrey Fyodorov bilan bir-birlarini juda yaxshi tushunib ishlashadi va jamoani o'yinlarga jiddiy xozirlashadi, - deb qo'shimcha qildi 26 yoshli futbolchi.

Eslatib o'tamiz, “Neftchi” – “Qo'qon-1912” o'yini bugun “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadi.   

“Neftchi” matbuot xizmati
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика