So’nggi yangiliklar

13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  13 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  6 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  7

SHuhrat Tojiboev: “Xitoy chempionati biznikidan kuchli emas” Yangiliklar

SHuhrat Tojiboev: “Xitoy chempionati biznikidan kuchli emas”

Bir yildan beri Xitoy chempionatida to'p tepayotgan futzalchimiz SHuhrat Tojiboev yaqinda jamoasi “Gansu” bilan amaldagi shartnomasini bir yilga uzaytirdi.

“Gansu” Xitoy oliy ligasi klubi bo'lib, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra mamlakat chempionatini 7-o'rinda yakunlagandi. Hamyurtimiz qisqa fursat ichida jamoasining asosiy tarkib futzalchisi ekanligini isbotlab, legioner nomiga munosib o'yin namoyish etib kelyapti. SHu hafta Xitoyda yangi futzal mavsumiga start beriladi. Biz chempionat oldidan SHuhrat Tojiboev bilan bog'lanib, undan intervyu oldik.

- SHuhrat, avvalo Xitoy klubida o'ynash varianti qanday paydo bo'ldi? Suhbatimizni ayni mavzudan boshlasak.
- Xitoy chempionatiga kelishimga birinchi sababchi bo'lgan inson bu futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez bo'ladi. Pulpis (terma jamoa futzalchilari Mendezni shunday chaqirishadi, - mual.)ning yaqin do'sti futbol agenti sifatida faoliyat yuritar ekan. SHu agent orqali Xitoy chempionatiga yo'l oldim. Agent “Gansu” degan jamoadan taklif bo'layotganini aytganida bu haqida ortiqcha o'ylab ham o'tirmadim. CHunki, anchadan beri o'zimni xorij klubida sinab ko'rish istagi bor edi. Xitoyga bordim va kichik bir ko'rikdan so'ng “Gansu” jamoasi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdim.   

- SHu o'rinda “Gansu” klubi haqida ham malumot bersangiz.
- “Gansu” klubi 2014 yilda tashkil etilgan. Xitoy futzal chempionatidagi eng yosh jamoa. Oliy ligada ishtirok etib kelyapti. Klubga mahalliy muxatassis Yeng Do murabbiylik qiladi. O'yinchilarning aksariyati katta futboldan kelishgan. Legioner sifatida ro'yxatdan braziliyalik Renning Moura hamda men o'tganman. Yaqinda yana bir hamyurtimiz To'ychi Berdievning ham Xitoy chempionatida paydo bo'lishi kutilyapti. Agar u ham jamoa bilan shartnoma imzolasa, bundan juda ham xursand bo'lardim. Har holda o'zingizni begona xis qilmaysiz.  


- Klubdagi ilk kunlar qanday o'tdi, moslashib ketish qiyin kechmadimi?
- Klubga ilk bor kelganimda jamoa rahbariyati, murabbiylar shtabi va futzalchilar juda iliq kutib olishdi. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili jamoamizda Dilshod Rahmatov ham o'ynagan edi. O'shanda klubdagilar men va Dilshodning yangi muhitga moslashib olishimiz uchun yaqindan ko'mak berishgandi. Yangi muhit va jamoaga moslashish deyarli qiyin kechamadi. Faqat taomlariga o'rganish qiyin bo'ldi.

- “Gansu” klubi o'z arenasi va bazasiga egami?
- Hozircha yo'q. Lekin klublarining so'zlariga ko'ra yaqin kelajakda klub uchun baza bunyod etiladi. SHu erning o'zida arena ham qad rostlaydi. Ayni paytda ijara asosida boshqa arenadan foydalanyapmiz.

- Qaerda yashayapsiz, alohida uy berishdimi?
- Ha, albatta. Alohida uy berishgan. SHaroitlari juda ham yaxshi. Bu borada hech qanday muammo yo'q.   

- Xitoy chempionati uy-safar tizimida o'tkaziladimi? Kubok o'yinlari bormi?
- Kubok o'yinlari chempionat boshlanishidan bir oy oldin bo'lib o'tadi. Etiborga molik jihati, kubok bahslari bitta shaharda tashkil etiladi. Futzal bo'yicha Xitoy oliy chempionati esa siz aytgandek uy-safar tizimida o'tkaziladi. Bir haftada bitta o'yinda maydonga tushamiz. Xitoy futzal chempionati xuddi bizning oliy liga bahslariga o'xshab ketadi. Ikki davradan iborat bo'lib, oktyabr oyida boshlanadi va aprel oyining oxirida o'z yakuniga etadi. Keyin may oyidan to avgustgacha jamoalar tanaffusga chiqib ketishadi.

- Jamoangizning o'tgan yilgi mavsumdagi ishtiroki qanday bo'ldi?
- O'tgan yili jamoamiz oliy ligada debyut mavsumini o'tkazdi. O'n bitta jamoa orasida mavsumni 7-o'rinda yakunladik. Endi yosh jamoa uchun bu ham yomon natija bo'lmasa kerak. Bu yil natijamizni yaxshilash uchun astoydil harakat qilamiz.

- Turnir jadvalida jamoangizdan yuqorida joylashgan klublarga faqat raqobat va tajribada yutqazdinglarmi yoki boshqa sabablari bormi?
- Yuqorida aytganimdek, jamoamiz tarkibida o'yinchilarning aksariyati katta futboldan kelib qo'shilgan. Bilasiz, futzal va futbol o'rtasida katta farq bor. Bizda jismoniy tayyorgarlik va juda tez fikrlash birinchi o'ringa chiqadi. Katta futbolda biroz to'xtab, qaror qabul qilish uchun fursat bo'ladi. Futzalda unday emas. To'pni tezroq o'zingizdan soqit qilishingiz kerak. Aks holda hujum tempi tushib ketadi va raqib bundan foydalanib qoladi. Katta futbolda kelganlarning futzalga moslashishi uchun vaqt kerak bo'ladi. Menimcha, biroz omadsiz ishtirokimizga shu omil asosiy sabab bo'ldi.

- Xitoy chempionatida legionerlarga cheklov elon qilinganmi?
- Ha, cheklov bor. Klublar legionerlarni 1+1 shaklida ro'yxatdan o'tkazishlari mumkin. Legionerlardan biri albatta osiyolik bo'lishi shart. Ikkinchi limitni qolgan qita o'yinchilari to'ldirishi ko'zda tutilgan. SHu bois, katta yuk aynan legionerlar zimmasiga tushadi. Lekin ikki kishi futzalda maydondagi ob-havoni belgilab bera olmaydi. To'g'ri, legionerlarning foydasi bo'ladi. Ammo, futbolchalik emas. Baribir mahalliy futzalchilarga bu holatda ko'p narsa bog'liq bo'ladi, deb o'ylayman.

- Xitoy futzal chempionati bilan O'zbekiston oliy ligasi saviyasi orasida qanday farq bor? Sizningcha, qaysi biri kuchliroq?
- Xitoy chempionatining saviyasi bizning oliy ligamiz saviyasidan kuchli emas. Buni aniq ayta olaman. Lekin so'nggi 2-3 yildagi rivojlanish tempini oladigan bo'lsak, yaqin yilarda bizdan o'zib ketishi ham mumkin. Hozir Xitoy klublarining moddiy-texnik bazasi, jamoa tarkibidagi o'yinchilar saviyasida oldinga siljish ko'zga tashlanmoqda. Kuchli legioner futzalchilar taklif etilyapti. Xorijlik murabbiylar jalb qilinyapti. Albatta, bu o'zgarishlar tez orada o'z natijasini beradi.

- Mashg'ulotlarda qanday farqni sezdingiz?
- Deyarli katta farq yo'q. Mashg'ulotlar biroz ko'proq davom etadi. To'p bilan ko'p ishlaymiz. Jismoniy tayyorgarlikka yo'naltirilgan mashg'ulotlarga ham ko'p vaqt ajratiladi.  

- Siz o'ynayotgan shaharda futzalga etibor, muxlislarning qiziqishi qanday?
- “Gansu” klubi Lanjou shahri sharafini himoya qiladi. Bu erda futzalga juda ham qiziqishadi. Menimcha, oliy ligadagi futzal klublari orasida eng ko'p muxlisga ega jamoa ham aynan “Gansu” bo'lsa kerak. Yuqorida bir haftada bitta o'yin o'tkaziladi deb aytdim. Muxlislar o'yinlar kelishini orqizib kutishadi.

- O'yinlarga qancha muxlis tashrif buyuradi?
- Lanjoudagi har bir o'yinimizga kamida bir yarim ming tomoshabin keladi. Esimda, o'tgan mavsum oliy ligadagi ilk uchrashuvimizga 4 mingga yaqin muxlis kelgan edi. Bu futzal uchun juda yaxshi ko'rsatkich.

- Futzalchilarga qancha maosh to'lashadi?
- Ochig'ini aytsam, futzalchilarga qancha maosh to'lanishini bilmayman. CHunki, har bir futzalchi alohida qog'ozga imzo chekib, shartnomasida ko'rsatilgan maoshni oladi. Menimcha, berilayotgan maosh qoniqtirsa kerak. O'ynab kelishyaptiku!

- Legionerlargachi? Aniq javob bera olmasangiz, umumiy qilib aytishingiz mumkin. SHunchaki, taqqoslash uchun.
- Bu savolga ham to'liq javob bera olmayman. Odatda moliyaviy kelishuvlar, maoshlar miqdori sir saqlanadi. CHunki, shartnomada ham shunday band bor. O'zaro kelishuvga ko'ra shartnomaning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmaydi. Lekin nasibaga yarasha bo'lib turibdi. Yomon emas. Aks holda, Xitoy klubida o'ynamasdim. Tabiiyki, legionerlar mahalliy futzalchilarga nisbatan ko'proq maosh olishadi. Bu qonun hamma sport turida ham bor.

- Jamoangiz yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'ryapti?
- Yangi mavsumga tayyorgarlik yakuniga etib qoldi. Reja asosida mashg'ulotlarni o'tkazyapmiz. Avgust oyida yig'ilgandik. Mashg'ulotdan tashqari o'rtoqlik uchrashuvlari ham bo'lib turibdi. Tarkibimizda kichik o'zgarishlar bor. Yosh futzalchilar taklif etildi.


- Bu yilgi mavsum uchun qanday vazifa qo'yilyapti?
- Bu yilgi mavsumda jamoamiz oldiga katta vazifalar qo'yilgan. Birinchi galda o'tgan yilgi natijamizni yaxshilashimiz shart. Takidlab o'tganimdek, oliy ligada eng ko'p muxlisga egamiz. Tabiiyki, o'zimizning chiroyli o'yinimiz va g'alabalarimiz bilan muxlislarni xushnud etishga harakat qilamiz. Klub rahbariyati ham barcha sharoitlarni muhayyo qilgan. Bu borada hech qanday kamchilik yoki muammolar yo'q.   

- CHempionlik uchun qaysi jamoalar kurash olib borishi kutilyapti?
- Xitoy chempionati oliy ligasida 2-3ta kuchli, bir-biriga birdek raqobat qiladigan jamoalar bor. O'tgan yili chempionlik uchun ikkita jamoa kurash olib borgandi. Bular SHenjen shahrining “SHenjen Nanling” hamda Dalyan shahrining “Dalyan” klublaridir. SHunday bo'lsada, mana bir necha yildirki, Xitoy chempionatida “SHenjen” klubi chempionlikni hech kimga bermay kelyapti. Ammo, o'tgan yili “SHenjen” emas, aksincha “Dalyan” klubi chempion bo'ldi. Bir narsani aniq aytishim mumkin, bu yil chempionlik uchun kurash har doimgidan ham kuchli bo'ladi. Buning uchun etarlicha sabablar bor. Birinchi galda chempionlik uchun davogar jamoalar ko'paydi. CHempionat bahslari har qachongidan ham qiziqarli o'tishini taxmin qilish qiyin emas. Bizning jamoamiz ham chempionlik bo'lmasada, sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradi.   

- Siz o'ynayotgan shaharda yana boshqa futzal klublari bormi?
- Lanjouda futzalga qiziqadigan muxlislar soni ortib boryapti. Futzal ham sekin-asta oyoqqa turmoqda. Asosiy professional klub aynan “Gansu”. Oliy ligada ham shu klub shahar sharafini himoya qiladi. Jamoamiz qoshida bolalar guruhlari ochilgan. Kundan-kunga futzal bilan shug'ullanish istagini bildirayotgan bolalar soni ortib boryapti.   

- Kelasi yilning fevral oyida poytaxtimiz futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Ushbu qita chempionati jahon chempionatiga yo'llanma berishi bilan ahamiyatlidir. SHaxsan siz bo'lajak Osiyo chempionatidan nimalarni kutyapsiz?
- O'zi aslida Xitoy chempionatiga yo'l olishimda ham asosiy omil Osiyo chempionati bo'lgandi. Bu erda xalqaro tajriba to'plab, terma jamoaga yordam berishni maqsad qilgandim. Bu galgi Osiyo chempionati avvalgi qita birinchiliklaridan keskin farq qiladi. O'rtaga jahon chempionati yo'llanmasi qo'yiladi. Har bir terma jamoa yarim finalga etib kelishni maqsad qilib, Toshkentga keladi. SHu paytgacha terma jamoamizga mundialda ishtirok etish baxti nasib etmagan. O'zbekiston mezbonligida o'tadigan Osiyo chempionatida bu ko'p yillik orzuni amalga oshirishga astoydil harakat qilamiz. Terma jamoamiz yana ispaniyalik taniqli mutaxassis Xose Meriya Mendez qo'l ostida bo'lajak qita chempionatiga tayyorgarlik ko'ryapti. Pulpis juda kuchli mutaxassis. Qolaversa, avval ham terma jamoamizda ishlagan. Futzalchilarning imkoniyatini juda yaxshi biladi. Eshitishimcha, oktyabr oyining birinchi o'n kunligida Qozog'istonda yig'in tashkil etiladi. Yig'in doirasida Evropaning eng kuchli futzal klubi “Qayrat” bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi. O'ylaymizki, bu o'yinlar orqali terma jamoamiz fevral oyida o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga yuqori tayyorgarlikda etib boradi. SHu paytgacha bizda ikki marta Osiyo chempionati o'tkazilgan. Musobaqani yuqori saviyada tashkil etish bo'yicha etarlicha tajriba bor va biz futzalchilar ham muxlislarni uyaltirib qo'ymaslik uchun astoydil harakat qilamiz.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика