So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  102 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

SHuhrat Sadirdinov: “O'z muxlislarimiz oldida g'alaba qozonib, oldingi mag'lubiyatlarimizni yuvmoqchimiz” Yangiliklar

SHuhrat Sadirdinov: “O'z muxlislarimiz oldida g'alaba qozonib, oldingi mag'lubiyatlarimizni yuvmoqchimiz”

O'zbekiston Birinchiligi ikkinchi davra 30-tur doirasidagi “NBU-Osiyo” - “Zomin” (0:2) uchrashuvidan so'ng, mehmonlar tarkibidagi uchrashuvning eng yaxshi himoyachisi bo'lgan o'yinchining uchrashuv haqidi fikri bilan qiziqdik.

- Mehmondagi uchrashuv haqida fikrlaringizni bildirsangiz?
- O'yin qiyin o'tdi. Bir necha turdan beri mag'lubiyatga uchrayotgan edik va mexmonda bo'lsa ham g'alaba qozonishimiz shart edi. CHunki bizdan muxlislarimiz g'alaba qozonmayotganimiz uchun biroz xafa edi. Bu turga o'z maqsadimizga qiyinchilik bilan bo'lsada bunga erishdik va kam sonli bo'lsada bizda mexmondagi uchrashuvga borib qo'llab-quvvatlaganligi uchun muxlislarimizga raxmat aytmoqchiman.

- Birinchi davrada jamoaning g'alabalari ko'p edi, ammo ikkinchi davraga kelib bir necha turda mag'lubiyatga uchradi. Bunga ichki muhit sababchi emasmi?

- Yo'q. Jamoaning ichki muhiti ancha yaxshi, ikkinchi davrada biroz yangi o'yinchilar jamoaga moslashishi qiyin kechdi va xozir xammasi yaxshi.

- Bilamizki, siz Oliy liga ishtirokchisi “Olmaliq” jamoasida o'ynagansiz. Xozirgi kunda jamoa Oliy ligada 12-o'rinda bormoqda. Buning sabablari nimada deb o'ylaysiz?

- “Olmaliq” jamoasini imkon qadar matbuotda bo'lsa xam kuzatib boraman. Bu jamoadan omad biroz yuz o'girmoqda. Lekin musobaqa so'ngiga qadar o'zlari uchun kerakli natijalarni qayd etadi deb o'ylayman. Bu jamoaga omad tilayman.

- Oxirgi savol, “Zomin” jamoasining keyingi 2 ta tur uchrashuvi (12 oktyabr “Xorazm”, 15 oktyabr “Orol” bilan) Zominda bo'lib o'tadi. Bu uchrashuvga qay tarzida tayyorgarlik ko'rayapsizlar?

- “NBU-Osiyo” jamoasi ustidan qozonilgan g'alaba, bizga ruhiy kuch bo'ladi. O'z muxlislarimiz oldida g'alaba qozonib, oldingi mag'lubiyatlarimizni yuvmoqchimiz.

Akmal Rahmatullaev suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика