So’nggi yangiliklar

23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  0 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  0 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  2 21:58Париж-2024. 3-ўрин учун баҳсда Марокаш Миср дарвозасига 6та гол урди  7 21:23Улуғбек Бакаев: "Натижадан қониқдим, ўйиндан эса йўқ"  9 21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  2 20:51Пепе фаолиятини якунлади  4 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  1 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  17 20:00Анчелотти "Олтин тўп" учун кураш ҳақида гапирди  7 19:19Ансельмино "Челси"га ўтгандан кейин: "Болалигимдан буни орзу қилардим"  2 18:50Сиаваш Ҳақназарий: "Биринчи давра қандай ўтгани ҳақида гапиришни истамайман. Янги бош мураббий жамоавий руҳимизни ўзгартирди"  5 18:23ПРО-Лига. "Шўртан" – "Бухоро": Асосий таркиблар маълум  1 18:16ПРО-Лига. "Арал" – "Дўстлик": Асосий таркиблар маълум  2

SHuhrat Po'latov: “Terma jamoamiz guruhdagi raqiblardan bir pog'ona yuqorida” Yangiliklar

SHuhrat Po'latov: “Terma jamoamiz guruhdagi raqiblardan bir pog'ona yuqorida”

2016 yilning 10-21 fevral kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga qura tashlangan edi.

Futzal bo'yicha FIFA hakami SHuhrat Po'latov guruhdagi raqiblarimiz va terma jamoa haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Qura bizga omadli keldimi?
- Osiyo chempionatida bo'sh jamoalar bo'lmaydi. Sababi, barcha qatnashchilar optimal tayyorgarlik bilan etib kelishadi. Bu safargi qita birinchiligiga tayyorgarlik ikki hissa kuchli bo'ladi, chunki bu 2016 yil Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanma beruvchi Osiyo chempionati. SHuning uchun ham har bir terma jamoa mundialga chiqishga harakat qiladi.
Bizning guruhga yaxshi jamoalar tushdi, o'ylaymanki muxlislar qizg'in kurashlarga guvoh bo'lishadi.

- Guruhdagi raqiblarimiz haqida nima deya olasiz?
- Oxirgi Osiyo chempionatining chorak qinalida Livan terma jamoasi bilan o'ynaganmiz. O'sha o'yinni bevosita arenada kuzatgandim, livanliklar jiddiy qarshilik ko'rsatganiga qaramay terma jamoamiz yirik 6:2 hisobida g'alaba qozongan edi.

Qirg'iziston terma jamoasi bilan ham so'nggi Osiyo chempionatida to'qnashganmiz. Guruh bellashuvlari doirasida o'tkazilgan o'yinda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etilgan. Lekin, o'ylashimcha hozirgi kunga kelib futzalchilarimizning darajasi livanlik va qirg'izistonlik o'yinchilardan ancha yuqori. Tajriba bobida ham biz guruhda etakchimiz, O'zbekiston hatto jahonda ham o'z mavqeyiga ega jamoa. Bugungi kunda dunyoning etakchi terma jamoalari bilan yonma-yon joylashishgan.

Saudiya Arabistoniga keladigan bo'lsak, bu jamoani Vetnamda bo'lib o'tgan 2014 yilgi Osiyo chempionatiga saralash bahslaridagi o'yinini boshqarib borganman. Saudiya Arabistoni juda bo'sh jamoa. Lekin oxirgi paytlarda arab jamoalari chet ellik futzalchilarni olib kelib mahalliylashtirib o'ynatmoqda. Hususan, braziliyalik, ispaniyalik o'yinchilarni Qatar, Iroq kabi terma jamoalarda ko'rishimiz mumkin. Agar mahalliylashtirilgan futzalchilari bo'lmasa bu jamoa kuchsiz. SHunga qaramay qitaning eng nufuzli musobaqasiga har bir jamoa optimal holatda etib kelishga harakat qiladi.

Jahon chempionatiga Osiyodan beshta jamoa chiqishi imkoniyatlarni oshirdi. Endi nafaqat yarim finalchilar, balki chorak finalda mag'lub bo'lgan terma jamoalarda ham mundialga chiqish imkoniyati saqlanib qoladi. Yarim final ostonasida engilgan 4 jamoa beshinchi o'rin uchun kurash olib boradi.

Terma jamoamiz finalgacha etib boradi deb o'ylayman. CHunki vakillarimiz Osiyoda kuchli jamoalardan hisoblanadi. Vetnamda o'tkazilgan Osiyo chempionatiga jamoani yosh murabbiy Bahodir Ahmedov olib borgan edi. SHunga qaramay u o'zining futzalchilik davridagi tajribasiga suyangan holda yigitlarni bir jamoa qilib shakllantirdi va uchinchi o'rin bilan yurtimizga qaytib kelishgan edi.

- Terma jamoamizning hozirgi holatiga qanday baho berasiz?
- O'zbekiston terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez tajribali va kuchli mutaxassis hisoblanadi. U Bahodir Ahmedov bilan birgalikda kuchli jamoani shakllantirmoqda deb o'ylayman. Buni yig'inlarda va o'rtoqlik uchrashuvlarida ko'rib kelayapmiz. Olti oydan buyon doimiy yig'inlar va o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazib kelinmoqda.

- Osiyo chempionati ishlaydigan hakamlar orasida O'zbekistondan vakil bormi?
- Osiyo chempionatida jami 16 nafar hakam ishlaydi. Yaqindagina Kuala-Lumpurda bo'lib o'tgan seminarda ular saralab olindi. Men ham ushbu seminarda ishtirok etib keldim. Qita birinchiligida o'zbekistonlik hakamlar ishtirok etishmaydi. Sababi men ishlashim kerak edi, lekin jarohat tufayli deyarli bir yilni o'tkazib yubordim. Bu esa musobaqada ishtirok etishimga to'sqinlik qildi. OFK talablariga ko'ra Osiyo chempionati saralash bellashuvlarida ishlamagan hakamlar final bosqichida ham ishtirok etmaydi. Men bilan birga yana bir tajribali hakam livanlik Muhammad SHaami ham jarohat olgani bois bir yilni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. SHuningdek, avstraliyalik hakam Skott Kidson ham ayrim sabablarga ko'ra musobaqani o'tkazib yuboradi. SHunga qaramasdan, Toshkentga tajribali hakamlar kelishadi.

- Livan va Qirg'iziston terma jamoalari ishtirokidagi o'yinlarda ko'p bor ishlagansiz. Sizningcha bu jamoalarning asosiy kuchi nimada?
- Menimcha Livan terma jamoasining asosiy kuchi murabbiy. Hozirgi kunga kelib o'zgarmagan bo'lsa, ularda ispaniyalik Fransisko Fernandes bosh murabbiy edi. Xorijlik bo'lgani uchun unga qo'yiladigan talab ham yuqori bo'ladi.

Qirg'iziston terma jamoasiga hozirda rossiyalik Andrey Polxovskiy boshchilik qilmoqda. U oldin Moskvaning “Dinamo” jamoasida ishlagan. Ayni paytda qirg'izistonliklar Rossiya poytaxtida yig'in o'tkazishmoqda.

Bu jamoalar bizga jiddiy qarshilik ko'rsatishi shubhasiz, lekin boya takidlab o'tganimdek jamoamiz ulardan bir pog'ona yuqorida.
Bosh murabbiyimiz Xose Mariya Mendez juda tajribali mutaxassis. Uni butun dunyoda kuchli deb hisoblashadi va hurmat qilishadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика