So’nggi yangiliklar

21:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23 0:1  10 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  2 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  9 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1

SHuhrat Muhammadiev “Mashal”ga qaytdi Yangiliklar

SHuhrat Muhammadiev “Mashal”ga qaytdi

Joriy mavsumni Qarshining “Nasaf” klubi safida o'tkazgan SHuhrat Muhammadiev “Mashal”ga qaytdi.
“Mashal” rahbariyati 2012 yil jamoa oliy ligadan tushib ketgach, Muhammadievni “Nasaf”ga ijaraga bergandi. Natijada tezkor futbolchining ijara muddati yakuniga etib, yana muborakliklar safiga qaytdi.

Bu haqda “Mashal” bosh direktori Ilhom Qurbonov shunday dedi: “Klubimiz tarbiyalanuvchisi SHuhrat Muhammadiev yana safimizga qaytdi. Uning amaldagi shartnomasi shu yilning 1 dekabrida tugaydi, lekin futbolchi bilan yana ikki yilga mo'ljallangan shartnoma tuzdik. SHuhratning o'zi bilan gaplashganimizda faoliyatini “Nasaf”da davom ettirish niyati borligini malum qildi, ammo u o'zimizga ham kerak. CHunki kelasi yil oliy ligada bizga ham yaxshi o'yinchilar zarur bo'ladi”.

SHuni aytib o'tish lozim, “Nasaf” SHuhrat Muhammadievni to'liq qo'lga kiritishni xohlamoqda va bu borada muzokara olib borishga tayyor. Qolaversa, futbolchining o'zi ham Qarshida to'p surmoqchi. Balki, keyinchalik tomonlar transfer borasida o'zaro kelishib olishlari mumkin. Eslatib o'tamiz, bu mavsum Muhammadiev oliy ligada 16ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика