SHuhrat Maqsudov: "Yigitlar o'zlariga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'yishdi"
27 sen 2021 21:47
Yangiliklar
SHuhrat Maqsudov: "Yigitlar o'zlariga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'yishdi"
Coca-Cola Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Bunyodkor" (5:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- O'yin haqida
- "Nasaf" jamoasini haqli g'alaba bilan tabriklayman. Ular xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda. Bu o'yinlarda ularga omad yor bo'lishini tilayman.
- Mag'lubiyatning sababi nimada deb o'ylaysiz?
- Endi buni dabdurustdan aytish qiyin. Tushunarsiz o'yin ko'rsatdik. Negadir yigitlar uchrashuv boshidanoq sust o'yin ko'rsatishdi. O'zlariga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'yishdi, sababini tushunmadim.
- Sizningcha, "Nasaf" tarkibidagi eng yaxshi futbolchi kim bo'ldi?
- Eng yaxshi futbolchi? Bugun "Nasaf"da butun jamoa yaxshi o'ynadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar