So’nggi yangiliklar

13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  0 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  4 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  23 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  33 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  9 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  172

SHuhrat Maqsudov: "To'xtasinovning o'yinidan qoniqmaganimda u zaxirada o'tirardi" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "To'xtasinovning o'yinidan qoniqmaganimda u zaxirada o'tirardi"

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi SHuhrat Maqsudov o'z fikrlarini bildirdi.



"SHunday shiddatli o'yin bo'lishi kutgandik. Nafaqat bu turda, barcha turda shunday o'yinlar bo'lmoqda. Mana shunday o'yinlar orqali yosh futbolchilar kelajakda O'zbekiston terma jamoasiga foyda keltirishadi, deb o'ylayman. "Qo'qon-1912" jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilayman va Aleksandr Merzlyakovga tezroq tuzalib ketishini tilayman. Bundan tashqari o'zimizning futbolchimiz Farrux Ikromovga sog'lik-salomatlik tilayman. Tez orada safimizga qaytishini tilab qolaman. Albatta, bugungi o'yin uchun futbolchilarimga va klubimizning barcha xodimlariga katta rahmat aytaman. Ishlagan va mehnat qilgan odam xato qiladi. Xato qildik va gol o'tkazib yubordik",- deydi SHuhrat Maqsudov.

 

— O'yin davomida To'xtasinovga 2-3 marta keskin etiroz bildirdingiz. Uning o'yinidan qoniqmadingizmi? 

— Agar Nurillo To'xtasinovning o'yinidan qoniqmaganimda, u zaxira o'rindig'ida o'tirgan bo'lardi. Albatta qoniqish hosil qildim. Bu futbol. Barcha narsa o'yin davomida ehtiros orqali chiqib ketdi", — deydi SHuhrat Maqsudov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика