So’nggi yangiliklar

10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  7 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  9 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  7 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  11 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  2 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  18 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  2 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  4 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  2 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  17 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  14

SHuhrat Maqsudov: "Tinch yuribmiz, tinch yuraqolaylik..." Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Tinch yuribmiz, tinch yuraqolaylik..."

Superliganing 18-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov o'z fikrlarini bildirdi.





"Jizzaxda bizni yaxshi kutib olishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. "Bunyodkor" uchun har bir o'yin kurashlarga boy bo'lmoqda. "So'g'diyona" ayni paytda musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va oson bo'lmasligini bilgandik. SHunga yarasha yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik.

Ulug'bek Baqoevni anchadan beri bilaman, u terma jamoada ishlaganimda qo'l ostimda o'ynagan. U ham men kabi yutqazishni xohlamaydigan murabbiy. Ulug'bek xafa bo'lmasin, bugun biz g'alabaga ko'proq loyiq edik. Durang ham yomon emas. Barcha futbolchilarga, hatto zaxirada qolganlarga ham rahmat aytaman", - deydi SHuhrat Maqsudov.

- "So'g'diyona" jamoasidagi so'nggi yillardagi o'zgarishlar haqida nimalar deya olasiz?
- Jizzaxda doim jamoa yaxshi bo'lgan. Ayni paytdagi natijalarga Baqoevning hissasi juda katta. U futbolchilik paytida ham yutqazishni yoqtirmasdi, murabbiy sifatida ham shogirdlariga shuni singdirmoqda.

- Bugun "Bunyodkor" ikki ochko yo'qotdimi yoki bir ochko oldimi?
- Yuqorida aytganimdek bugun biz yutuqqa haqliroq edik. Gol ham urgandik, uni bekor qilishdi. Balki rostdan ham hujumchi darvozabonga urilgandir, bilmadim.

SHu o'rinda "O'zbekneftgaz" AJ boshqaruv raisi Abdullaev Mehriddin Razzoqovichga alohida rahmat aytaman. Homiylik klubga yana qaytarib berildi va kuni kecha oldingi g'alabalar uchun mukofot pullari berildi. Bu esa futbolchilarga qo'shimcha motivaciya ekanligi shubhasiz.

- O'yinga ozgina qolganida VAR tizimi ishlamasligi haqida xabar chiqdi...

- To'g'risi VAR va hakamlar haqida gapirishni istamayman. Tinch yuribmiz, tinch yuraqolaylik.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика