SHuhrat Maqsudov O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi!?
05 dek 2013 16:23
Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi!?
Ayni paytda PRO licenziyasi uchun taxsil olayotgan murabbiy - SHuhrat Maqsudov katta ehtimol bilan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Ushbu lavozimga Aleksey Evstafeev, Dilshod Nuraliev va Murod Ismoilov kabi mutaxassislarning nomzodlari qo'yilgan edi. Kamoliddin Alimov bilan suhbatda murabbiy o'zini nomzodlar ichida borligini aytib o'tgan. Yuqoridagi nomzodlar esa olimpiya terma jamoasida katta murabbiy sifatida faoliyat yuritishlari ham mumkin.
1993 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat bo'lgan olimpiya terma jamoasi 2014 yil yanvar oyida Sankt-Peterburg shahridagi MDH kubogida ishtirok etishi kutilmoqda. Bundan tashqari keyingi yil yozda (17-31 iyul oralig'ida) 2015 yilgi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati (U22) saralashida ham shu jamoamiz ishtirok etadi. 2014 yil sentyabr oyi ikkinchi yarmida Inchonda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarida ham mana shu terma jamoa qatnashishi kutilmoqda.
Ko'rib turganingizdek yangi olimpiya terma jamoamiz uchun 2014 yil musobaqalarga boy bo'ladi.

Fikrlar