So’nggi yangiliklar

23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  86 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  1 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  4 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  32 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  14 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  74 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  8 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  3

SHuhrat Maqsudov: "Kimdandir oldin, kimdandir keyin yaxshi jamoa tuzishni maqsad qilganmiz" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Kimdandir oldin, kimdandir keyin yaxshi jamoa tuzishni maqsad qilganmiz"

"Bunyodkor" jamoasi 5 yanvar sanasidan boshlab o'z maydonida qishki o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.

Asosiy tarkibning ko'plab futbolchilari jamoani tark etganiga qaramay, mashg'ulotlarda bir necha yangi o'yinchilar ishtirok etayotganini ko'rishimiz mumkin. Ularning aksariyati esa jamoa uchun begona hisoblanmaydi. "Bunyodkor" bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov biz bilan suhbatda bu boradagi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Assalomu alaykum. Avvalo, barchani kirib kelgan yangi yil bilan tabriklayman. Ushbu yil tinchlik, xotirjamlik va salomatlik yili bo'lsin. Qolgani topiladigan narsa. Hech kimga sir emas, jamoamizning 80 foiz futbolchilari tark etdi. Fursatdan foydalanib, ularga rahmat aytaman. O'tgan yili bir oila bo'lib harakat qila oldik. Ushbu o'yinchilar bilan faxrlanaman. Boisi, aksariyatini yoshlar jamoasidan beri bilaman. Ularning ishlarida omad tilayman. Futbolchilarimizning etakchi jamoalarga o'tishi avvalgi yil yaxshi mavsum o'tkazganimizni anglatadi. Yashirishning hojati yo'q, kuchli uchlikdagi jamoalarga nisbatan biz qiyinroq vaziyatda edik. SHunga qaramay, ikkinchi o'rinni egallagan jamoadan ikki ochko ortda qoldik. Hayot davom etadi. Yaqinda bosh homiyimiz Mehriddin Razzoqovich Abdullaev bilan uchrashdik. Oldimizga jamoani qaytadan yoshlar bilan shakllantirish vazifasini qo'ydi. Nasib qilsa, bir-ikki nafar tajribali futbolchilar atrofida yosh jamoa tuzishni reja qildik", - deydi SHuhrat Maqsudov

- Jamoa yig'inida Dilshod Jo'raev, Artyom Filiposyan, Usmonali Ismonaliev ishtirok etmoqda. Ularni olib qolish rejalashtirilganmi?

- Baribir har bir poziciyaga tajribali va nomdor futbolchi olish kerak. Boisi, tarkibni darhol yoshartirish ham noto'g'ri. Yoshlar o'zlaridan katta futbolchilarga qarab o'sishadi. O'ylaymanki, ular bilan kelishuvga erishamiz. Nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham o'rnak bo'lishadi. Qolganini vaqt ko'rsatadi. 

- Joriy yilda jamoa shaxsan o'zingizni qo'l ostingizda yig'ilib, o'z imzongiz bilan shakllanadi desak bo'ladimi?

- O'tgan yili ham jamoaga o'zim bosh bo'lganman. Tarkibdagi hech kim begona emas. Suhrob Sultonov, Dilshod Jo'raev sobiq futbolchilarimiz hisoblanadi. Aytganimdek, shakllanish uchun biroz vaqt kerak bo'ladi. Kimdandir oldin, kimdandir keyin yaxshi jamoa tuzishni maqsad qilganmiz.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика