So’nggi yangiliklar

15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  5 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  2 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  4 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  3 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  4 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  4 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  3 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  10 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  1 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3

SHuhrat Maqsudov: "Farruh Ikromovning jarohati bilan bog'liq xarajatlarni O'FA qopladi" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Farruh Ikromovning jarohati bilan bog'liq xarajatlarni O'FA qopladi"

Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - AGMK (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun og'ir va qiyin o'yin bo'lishini avvalgi turdan keyin tushunib etgandim. CHunki "Nasaf"ga qarshi bahsdan so'ng 3 ta asosiy futbolchimiz qatnasha olmasligi aniq bo'ldi. Mirjahon Mirahmadov jarohat oldi. SHuningdek, aynan 3 ta sariq kartochkasi bor futbolchilarimizga sariq kartochka berishdi. Tarkibga ko'p yosh futbolchilarni jalb qilishga majbur bo'ldik. Men yoshlarga imkoniyat berishni yaxshi ko'raman. Futbolchilarimizga katta rahmat aytaman. Irodali o'yin ko'rsatishdi. Golli vaziyatni qayta ko'rishim kerak. Hozir biror narsa deya olmayman. Lekin televizorda ko'rganlar telefon qilib aytishdi. O'sha vaziyatda qaytanga bizning futbolchimizga nisbatan qo'pollik ishlatilgan ekan. Hakamlarni gapirishga haqqim yo'q, chunki nazoratchi emasman. Insof bersin, deyishdan boshqa choram yo'q", – deydi SHuhrat Maqsudov.

- Nurillo To'xtasinovning ahvoli qanday? Majburiy o'zgarish o'yinga qay darajada tasir qildi? 

- Uchrashuv boshidan besh nafar asosiy futbolchilarmizsiz o'ynadik. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo'ladi. Ertaga tibbiy ko'rikdan so'ng hammasi aniqlashadi. Jarohatlangan o'yinchilaririmiz ko'payib ketdi. Oldindagi tanaffusda tiklanib olishadi, deb o'ylayman. 

- Farruh Ikromov yaqinda jarrohlik amaliyotini o'tadi. Uning xarajatlarini klub bo'yniga oldimi yoki O'FA? 

- Yaxshi savol berdingiz. Fursatdan foydalanib, O'FA rahbarlariga katta minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu narsani etiborsiz qoldirishmadi. Hattoki bosh murabbiy Srechko Katanec va O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov hol-ahvol so'ragani uning uyiga borishdi. Klubdagilar, qolaversa, o'zim ham har kuni u bilan aloqadaman. Bu xarajatlarning barchasini O'FA ko'tardi. Etibor degani, shunday bo'ladi. Baribir futbolchining faoliyati qisqa. Bunday etibor bo'lib tursa, futbolchi ko'chada qolmaydi. 

- Turnir jadvalida 2-3-o'rinlar uchun raqobat keskin kechyapti. "Bunyodkor"ning imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Bu – futbol. Bilib bo'lmaydi. Hamma narsa bo'lishi mumkin. Agar bilganimda, hozir asabiylashmasdan, xotirjam o'tirgan bo'lardim. Xudo biladi hammasini. 

- Rahbariyat oldingizga aniq vazifa qo'yganmi?

- Xudoga shukur, rahbariyat barchasini tushunib turibdi. Bosim bo'layotgani yo'q. Biroq "Bunyodkor"ning o'z nomi bor. Maqsadimiz — har bir o'yinda g'alaba qozonish va imkon qadar sovrindorlar qatoriga kirish. Xudo xohlasa, muxlislarga yoqadigan futbol ko'rsatamiz. Natija esa oxirida bilinadi. Ayni paytda barcha jamoalar ochko uchun kurashishmoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика