So’nggi yangiliklar

07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6

SHuhrat Maqsudov: "Bunyodkor" ikki o't orasida qolib ketdi" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Bunyodkor" ikki o't orasida qolib ketdi"

Coca Cola O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Bunyodkor" va "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Bunyodkor" bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov qatnashdi.

"Bugun jangovar o'yin ko'rdik, futbolchilarimizga rahmat aytmoqchiman. Barcha xodimlarimizga ham minnatdorchilik bildiraman. Uch oydan buyon maosh olmayapmiz, klubdagilar ham o'yin haqida o'ylashyapti, ham boshqa xarajatlarni o'ylashyapti. Homiyimiz avval jamoaga tayanch bo'lib, katta yordam berayotgandi, endilikda klubni hokimlikka o'tkazmoqchi bo'lishdi, jamoa qiyin ahvolda qoldi. Bugungi o'yin uchun yigitlarga rahmat, "Navbahor"ga esa keyingi o'yinlarda omad tilayman.

Qaysidir jamoa kuchli futbolchilarni olib kelib, ularga suyanadi. Men esa hozirda faqat tarkibimizdagi futbolchilarga ishonch bildiraman. Bugun ayrim yoshlarga mahorat etishmadi, biroq hozirgi avholimiz shunaqa.

Yigitlarga hisobni saqlab qolish uchun ko'rsatma bermagandim, albatta, natija to'g'risida ham o'ylaymiz. Futbolchilarga tanaffusda "Navbahor" yutqazayotgani sabab oldinga o'tadi, shunga qaramay, eng yaxshi himoya hujum ekanligini tushundirdik. Atayin himoyaga yotib olganimiz yo'q. Barcha jamoalar qatori biz ham raqibni o'yindan oldin o'rganamiz. Busiz iloji yo'q. Jamoamizning bu yilgi selekciya ishlari ko'ngildagidek bo'lmagan, shu bois, iloji boricha muxlislarni xursand qilish uchun maydonga tushib, g'alaba qozonishga intilishni xohlaymiz", — deydi "qaldirg'ochlar" murabbiyi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика