So’nggi yangiliklar

09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  4 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  0 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  4 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1

SHuhrat Maqsudov Abramov haqidagi savolga javob bermadi, sababi... Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov Abramov haqidagi savolga javob bermadi, sababi...

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Turon" - "Bunyodkor" (0:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov matbuot anjumanida qatnashdi.



"O'yin haqida gapirishdan oldin Yaypanga kelib "Turon" klubiga yaratilgan sharoitlarni ko'rib, qurilayotgan akademiyani ko'rib juda ham xursand bo'ldim. SHunday fidoyi insonlar ko'paysa o'zbek futboli yanada rivojlanadi. Oradagi bir oylik tanaffusdan unumli foydalanishga urindik. Bugungi bahs ancha qiyin bo'lishini bilardik, sababi oldingi ikki turda jamoamiz juda yaxshi o'yin ko'rsatib g'alaba qozona olmadik. Bu yigitlarning ruhiyatiga tasir qilishi aniq. Futbolchilarimiz bergan barcha ko'rsatmalarimizni to'liq bajarishdi va yakunda g'alaba qozondik. Fursatdan foydalanib futbolchilar, klub muxlislari va rahbariyatini tabriklayman", - deydi SHuhrat Maqsudov. 

- SHaxsiy fikringizcha "Turon"ga g'alaba qozonish uchun nima etishmayapti deb o'ylaysiz?
- To'g'risi boshqa jamoa murabbiylarining ishini muhokama qilish noto'g'ri deb bilaman. Faqat bir narsani ayta olaman: rahbariyat futbolchilarga barcha sharoitni yaratib berishmoqda, mayda detallargacha etibor qilinmoqda. SHunday ekan g'alabalar o'zini ko'p kuttirmaydi.

- Bizningcha bugungi hisob o'yinga mos bo'lmadi. Siz uchun ham yirik g'alaba kutilmagan bo'ldimi?
- To'g'ri birinchi taymda bizda ham, raqibda ham imkoniyat bo'ldi. Ammo bu futbol. Aytib o'tganimdek oldingi ikki turda biz katta tashabbusga ega bo'lib g'alaba qozona olmadik. O'shanda ham natija o'yinga mos bo'lmagandi.

- Bugun Vadim Abramov O'zbekiston terma jamoasidan istefoga chiqarildi. U "Bunyodkor"ga qaytishi mumkinmi?
- Bu savol "Turon" - "Bunyodkor" uchrashuviga taaluqli emas, shu bois bu savolga javob berolmayman. Agar o'yin haqida savol bo'lsa marhamat. 


Reyting: -37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика