SHuhrat Maqsudov 10:0 hisobidagi g'alabadan keyin: "Futbolchilarga rahmat!"
20 apr 2021 22:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/632337_original.jpg)
![](/upload/storage/632337_220.jpg)
SHuhrat Maqsudov 10:0 hisobidagi g'alabadan keyin: "Futbolchilarga rahmat!"
- Bugungi g'alaba bilan barchani, xususan rahbariyatimizni, futbolchilarimizni, klub xodimlarini va albatta muxlislarimizni tabriklayman! «Rubin» jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman! G'alaba albatta barcha murabbiyni xursand qiladi. Biz boshqa o'yinlar kabi mazkur bellashuvga ham jiddiy qaradik. Uchrashuvdan oldin futbolchilarga raqib 1-liga vakili deb mensimaslik yaxshi oqibatga olib kelmasligini, o'yin davomida vaziyatni o'zgartirish qiyin bo'lishini tushuntirdik. Futbolchilarga rahmat aytaman! Ko'rsatmalarimizni oxirigacha bajarishdi.
«So'g'diyona»ga qarshi o'yingacha to'rt kunimiz bor. Jizzax jamoasi jiddiy raqib, yaqindagina Superliga doirasida ular bilan o'ynagandik. Raqibning kuchini juda yaxshi bilamiz. Ertadanoq mazkur uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar