"SHuhrat" jamoasidan yuksalish sari qadam
15 dek 2020 22:09
Yangiliklar


"SHuhrat" jamoasidan yuksalish sari qadam
Bugun Navoiy shahrining "SHuhrat" futbol klubi mutasaddilari, shahar sport bo'limi boshlig'i S.Xudoyberdiev hamda Navoiy viloyati futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti O.Jumaev Navoiy shahar Hokimi M.M.Bozorov bilan uchrashishdi.
Uchrashuvda jamoaning ortda qolgan futbol bo'yicha "Navoiy viloyati 2-ligasi" va "Viloyat kubogi-2020" musobaqalaridagi muvoffaqiyati hamda joriy yil 20 dekabr sanasidan start beriladigan Birinchi liga o'yinlariga yo'llanma beruvchi musobaqadagi ishtiroki borasida suhbat olib borildi.
SHuningdek NVFA birinchi vice-prezidenti O.Jumaev shahar hokimiga viloyat futboliga qo'shgan hissasi uchun tashkilotning esdalik sovg'alarini topshirdi. Uchrashuvda Hokim M.M.Bozorov jamoani qo'llab-quvvatlashini aytib, jamoaga oldindagi musobaqada omad tiladi.
Navoiy viloyati futbol associaciyasi matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar