SHuhrat Fayziev: "Mashal" bilan o'yin "Buxoro"ga so'nggi imkoniyat emas"
17 okt 2014 22:31
Yangiliklar

SHuhrat Fayziev: "Mashal" bilan o'yin "Buxoro"ga so'nggi imkoniyat emas"
Bugun bo'lib o'tgan "Mashal" - "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Seid Seidov matbuot anjumanida ishtirok etishni istamadi.
Bosh murabbiyning o'rniga yordamchi murabbiy SHuhrat Fayziev jurnalistlarning savollarga javob berdi.
"SHuncha imkoniyatdan foydalana olmadik. Bu borada har ikki jamoadan ham ko'plab vaziyatlar bo'ldi. Ochiq futbolda gol ko'rmadik. Bu o'yin biz uchun juda-juda muhim edi. Afsuski uch ochkoni qo'lga kirita olmadik. "Mashal" ham yaxshi jamoa ekanligini isbotlash uchun harakat qildi. Har ikki jamoa ham bitta gol bilan g'alaba qozonib ketishi mumkin edi. So'nggi o'yinlarda maksimal natija uchun kurashamiz. Bu biz uchun juda ham zarur. Bosh maqsadimiz ham Oliy ligada jamoani saqlab qolish.
Ulug'bek Baqoevning jamoaga qaytishi biz uchun katta yutuq bo'ldi desa bo'ladi. Ikki o'yinda kiritgan gollari bizga olti ochko taqdim etdi.
Bugungi o'yin biz uchun oxirgi imkoniyat emas. Bizda hali yana to'rtta uchrashuv bor. Oxirigacha kurashib oltin ochkolarni qo'lga kiritishimizga ishonamiz. Bizda faqat bitta muammo bor. O'yin davomida vaziyatni so'nggi qismini muvaffaqiyatli yakunlash yo'q" , - deydi SHuhrat Fayziev

Fikrlar