“SHtutgart”ga yangi murabbiy tayinlandi
09 okt 2018 22:21
Yangiliklar
“SHtutgart”ga yangi murabbiy tayinlandi
Markus Vayncirl Germaniyaning “SHtutgart” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
43 yoshli mutaxassis yangi jamoasi bilan 2020 yilning 30 iyuniga qadar amalda bo'ladiga shartnomaga imzo chekdi.
Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ilgariroq “SHtutgart” rahbariyati Tayfun Korkutni istefoga chiqargandi. Rahbariyatning bunday qarorga kelishiga jamoaning joriy mavsumda ko'rsatayotgan o'yinlari sabab bo'lgandi. O'tkazilgan 7 ta turdan keyin jamoa 5 ochko bilan turning jadvalining so'nggi 18-pog'onasini egallab turibdi.
Vayncirl joriy yil iyunida “SHalke-04” murabbiyligidan istefo bergandi. Ushbu mutaxassis shuningdek, “Yan” va “Augusburg” klublarida ham faoliyat yuritgan.
“SHtutgart” Germaniya chempionatida navbatdagi tur uchrashuvini 20 oktyabr kuni Dortmundning “Borussiya”siga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar