So’nggi yangiliklar

02:33ЛаЛига. "Атлетико" ва "Бетис"дан йирик ғалабалар  0 01:58"Милан"нинг Италия Кубоги финалидаги рақиби аниқ бўлди  1 01:00Паслар даҳоси: Хавининг Эл-Класикодаги энг яхши 5 ўйини  3 00:39Райан Гиггз Роналдунинг МЮдаги илк йилларини эслади  6 00:11Бернарду Силва: "У "Манчестер Сити" тарихидаги энг яхши футболчи"  0 23:47"Реал" Винисиуснинг ўрнига футболчи топиб қўйган  5 23:18ЛаЛиганинг апрель ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  2 22:53"Бухоро" — "Машъал" учрашуви қаерда бўлади?  3 22:35"Арал" Про-лигада ўз майдонида сўнгги марта қачон мағлуб бўлганди?  0 22:04"Олимпик" илк ғалабасини Қорақалпоғистонда қайд этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 21:46Винисиус Роналду каби маош олишни истамоқда  20 21:17Анри Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 20:52Неъматилло Қуттибоев: "Футболчилар ўйин бошланишидан олдин ғалаба қозондик деган кайфиятда майдонга тушишди"  1 20:22"Реал" "янги Криштиану Роналду"га қизиқмоқда  6 20:02Бинтсиз тез ёрдам, қулфланиб қолган эшик, кечиккан суҳандон - ПФЛ 3 клубга жарима солди  6

SHri-Lanka bosh murabbiyi: "Muammolarimiz etarlicha, biroq bularni bahona qilmoqchi emasman" Yangiliklar

SHri-Lanka bosh murabbiyi: "Muammolarimiz etarlicha, biroq bularni bahona qilmoqchi emasman"

Osiyo Kubogi-2023 hal qiluvchi saralash bosqichining 3-turidan o'rin olgan Maldiv orollari – SHri-Lanka (1:0) uchrashuvidan so'ng SHri-Lanka bosh murabbiyi Hassan Rumi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Uchrashuv qiyin ruhda o'tdi. Jamoa sardori, eng yaxshi darvozabonimizdan ayrilganmiz yomon bo'ldi. U diskvalifikaciyaga uchradi. Maldiv orollari jamoasida legioner futbolchilar ko'pchilikni tashkil etadi, bizda esa atigi bir nafar xorijdan to'p tepadigan o'yinchi mavjud. Qolaversa, mamlakatda kuzatilayotgan iqtisodiy muammolar ham mag'lubiyatimizga sabablardan biri bo'ldi. Biroq bularni bahona qilmoqchi emasman", – dedi murabbiy.

- Muvaffaqiyatsiz natijalardan so'ng murabbiylik ishingizni qanday baholaysiz?

- Albatta, bundan qoniqmayman. Tarkibni to'liq shakllantirishda muammolar yuzaga keldi. Endilikda jarohatlangan futbolchilarlarni safga qaytarib, o'z ishimizda davom etamiz. 

- Turnir davomida qaysi jamoa sizda yaxshi taassurot qoldirdi?

- Albatta, O'zbekistonning o'yinini yuqori baholayman. Ular kuchli tarkibga ega.

- Tashkilotchilik haqida qanday fikrdasiz?

- O'zbekistonda bizga yordamini ayamagan barcha-barchaga rahmat aytaman. Barcha ishlar yaxshi darajada tashkillashtirildi. Qolaversa, OAV ham musobaqani faol tarzda yoritib bordi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика