So’nggi yangiliklar

23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  2 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  2 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  21 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0 20:35Жота - Роналду ҳақида: "Евро-2024 унинг термадаги сўнгги турнири деб ҳисобламайман"  0 20:17Эрик тен Хаг жароҳатлар ҳақида: "Бу ҳеч нимани ўзгартирмайди"  1 20:01Дуайт Йорк: "Хойлундда форвардга керак бўладиган Х-фактор йўқ"  0 19:37"Роналду билан ишлаш жуда осон эди" — Анчелотти  5 19:09"Страсбур" "Челси" футболчисини ижарага олди  1

SHovkat Imamov: "Agar bu narsa 10 yil avval boshlanganida terma jamoamiz Jahon chempionatiga chiqqan bo'lardi" Yangiliklar

SHovkat Imamov: "Agar bu narsa 10 yil avval boshlanganida terma jamoamiz Jahon chempionatiga chiqqan bo'lardi"

O'FA matbuot xizmati O'FA Murabbiylar tayyorlash boshqarmasi direktori SHovkat Imamov bilan Prezident Qarori ijrosini taminlash, jumladan, murabbiylar tayyorlash va malaksini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida suhbatlashdi.

Futbol muxlislariga yaxshi malumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan Murabbiylar va hakamlarni tayyorlash Respublika maktabi faoliyati tugatilib, murabbiylar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vakolati O'FA qoshidagi tegishli boshqarmalarga berildi.
 
Biz O'zbekiston futbol associaciyasi Murabbiylar tayyorlash boshqarmasi direktori SHovkat Imamov bilan Prezident Qarori ijrosini taminlash, jumladan, murabbiylar tayyorlash va malaksini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida suhbatlashdik.
 
- “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qaror elon qilingandan keyin mamlakatimizdagi murabbiylar malakasini oshirish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?

-Eng avvalo bu Qaror yurtimizda futbol murabbiylarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etganini takidlab o'tmoqchiman. Ushbu Qarorning ijrosini taminlash maqsadida, O'FAning 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirig'iga ko'ra Murabbiylar tayyorlash boshqarmasi tomonidan “O'zbekistonda futbol murabbiylarini o'qitish va tayyorlash hamda attestaciyadan o'tkazish bo'yicha Nizom” ishlab chiqildi va shu yilning 30 aprel kuni tasdiqlandi.
 
Ushbu Nizom talablarini bajarish uchun joriy yilning 17 may - 15 iyul kunlari OFK licenziyasi va ruxsatnomaga ega bo'lgan murabbiylar bilan seminar-treninglar tashkil qilindi. O'FAning mutassaddilari va mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi-guruhlar butun respublika hududlari bo'ylab murabbiylarning malakaviy saviyasini tekshirish bo'yicha xizmat safarlariga yuborildi. CHunki murabbiylarni o'qitish va saviyasini oshirishdan avval ularning malakasini aniqlab olish zarur edi.
 
SHuningdek, ishchi-guruhlar oldiga murabbiylarni tayyorlashning yangi tizimi bilan tanishtirish, ularning amaliy va nazariy bilimlarini tekshiruvdan o'tkazish hamda murabbiylarni qiziqtirgan boshqa malumotlar bilan tanishtirish, ularning savollariga batafsil javob berish vazifalari yuklatildi.
 
Bundan tashqari, hududlarga safar davomida ishchi guruh vakillari yangi tashkil etilayotgan bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari murabbiyligiga nomzodlarni aniqlab, bu borada O'FA akademiyalarni rivojlantirish boshqarmasiga tavsiyalar berib borishdi. Ushbu tavsiyalardan kelib chiqib bolalar va o'smirlar akademiyalariga munosib murabbiylar tanlab olinmoqda.
 
-Hududlardagi murabbiylarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?

-Hududlardagi futbol bo'yicha murabbiylar kasbiy mahoratini oshirish uchun belgilangan reja asosida ular o'rtasida o'quv seminarlari tashkil qilindi. Seminar davomida har bir viloyatdagi futbol murabbiylari o'rtasida nazariy va amaliy mashg'ulotlar olib borildi. Ularning kasbiy mahorati sinovdan o'tkazildi.
 
 Imtihon davomida murabbiylarning mashg'ulotlar olib borishga qanday tayyorgarlik ko'rganliklari, konspekt yozish, maydonni mashg'ulotga tayyorlash, mashg'ulot davomida bolalarga ko'rsatmalar berib borish usullari, murabbiyning mashg'ulot davomida o'zini tutishi, futbolchilarning mashg'ulotdagi xatolarini aniqlash, ko'rsatib borish va o'sha xatolarni to'g'irlash borasida amalga oshiradigan xatti-harakatlari tekshirildi. SHuningdek, murabbiylarning mashg'ulot paytida bolalarni nazorat qilib borish uchun poziciya tanlashdagi bilim va ko'nikmalari hamda mashg'ulot davomidagi faolligi ko'zdan kechirildi.
 
Jami 1500 nafardan ortiq murabbiylardan imtihonlar olingan bo'lsa, shulardan 300 nafardan ortiq murabbiylar ikki oy sinov muddat bilan o'tishgan. Ikki oydan keyin ulardan qaytadan imtihonlar olinadi. SHunda ham imtihonlarni topshirolmasa, o'sha murabbiy licenziyasidan mahrum qilinadi.
 
-SHu o'rinda murabbiylik licenziyasini olish tartibi haqida to'xtalib o'tsangiz?

-Avvallari murabbiylik licenziyasini berish tartibi oson bo'lgani uchun ko'plab bu sohaga adashib kirib qolganlar ham licenziya olavergan. Natijada malakali futbol murabbiylari kamayib ketgandi. Endilikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli Qaroriga ko'ra murabbiylarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vakolati O'zbekiston futbol associaciyasiga berildi.
 
 Birinchi navbatda, licenziya berish tartibi mukammallashtirildi. Endilikda murabbiylik bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan nomzodlar avvalo 4 oydan 6 oygacha bo'lgan muddat davomida o'z hududlarida malakali va tajribali murabbiy qo'lostida amaliyot o'tashlari kerak. SHundan so'ng, hududiy futbol Associaciya mutaxassislari bilan suxbatdan muvaffaqiyatli o'tgach, tavsiya berilgan murabbiylarga O'FA tomonidan maxsus tayerlov o'quv kurslari tashkil qilinib, yo'nalish beriladi. Tayyorlov kursdan keyin instruktorni tavsiyasini olgan nomzodlar yana amaliyotini davom ettiradi. Bu safar amaliyot muddati 1 oydan 3 oygacha davom etadi. SHundan so'ng murabbiylar O'FA tomonidan tashkil etilgan “S” Licenziyasiga o'qiydi. “S” Licenziyasiga o'qigan murabbiylar instruktor tavsiyasini olgach, 1 yil davomida murabbiy sifatida faoliyat olib borishlari zarur. Bu vaqt davomida ularning malakasi, bilim va ko'nikmalari muntazam nazorat qilib boriladi.
 
Buning uchun O'FA Murabbiylar tayyorlash boshqarmasi tomonidan maxsus veb-portal ishlab chiqilmoqda. Ushbu portaldan barcha malumotlar joy oladi. Murabbiylik bilan shug'ullanish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar, tartib qoidalardan tortib, tegishli meyoriy hujjatlargacha. Har bir murabbiyning ushbu portalda o'z akkaunti bo'ladi. Murabbiylar o'zlari tomonlaridan bajarilayotgan ishlarni, mashg'ulotlar o'tkazish jarayoni va boshqa holatlarni videoga olib, o'z akkauntlariga joylab borishadi. O'FAning tegishli mutaxassislari esa bu harakatlarni kuzatib, baholab borishadi.
 
Bir yildan so'ng kasbiy malakasi tegishli talabga javob beradigan murabbiylarga “S” licenziyasi taqdim qilinadi. SHuni ham alohida takidlab o'tish kerakki, ushbu amaliyot o'tish va o'quv kurslarda ishtirok etish jarayoni bepul. Murabbiylardan badal puli talab qilinmaydi.
 
Bu ham murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanish istagida bo'lgan, ushbu kasbga haqiqiy mehr qo'ygan insonlar uchun qo'shimcha qulaylik tug'dirib, murabbiylik bilan faqat fidoiy insonlar, o'z kasbining ustalari shug'ullanishlarini taminlab beradi.

Agar murabbiylarni tayyorlash bo'yicha bu kabi chora-tadbirlar hech bo'lmaganda 10 yil avval boshlanganida, biz hozir terma jamoalarimiz Jahon chempionatlarida ishtirok etayotganiga guvoh bo'lishimiz mumkin edi. Malakali murabbiylarni tayyorlash kun tartibidagi dolzarb masala. Endilikda O'FA tomonidan yo'lga qo'yilayotgan yangi tizim tez orada o'z samarasini berib, yurtimizda ko'plab malakali murabbiylar paydo bo'lishiga zamin yaratadi, degan umiddamiz.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика