SHov-shuvlarga boy "Lion" - "Marsel" o'yini qachon qayta o'tkaziladi?
30 jan 2022 13:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/680269_original.jpg)
![](/upload/storage/680269_220.jpg)
SHov-shuvlarga boy "Lion" - "Marsel" o'yini qachon qayta o'tkaziladi?
Franciya chempionatining 14-turi doirasidagi "Lion" hamda "Marsel" jamoalari ishtirokidagi uchrashuv yakunlanmay qolgandi.
"L'Equipe" xabariga ko'ra, uchrashuv 1 fevral kuni bo'lib o'tadi va unga muxlislar kiritilmaydi.
O'yin 21 noyabr kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo uchrashuvning 2-daqiqasida bosh hakam muxlislarning o'zini tutishi sababli o'yinni to'xtatgandi. O'shanda mezbon muxlislar burchak to'pini amalga oshirish uchun kelayotgan "Marsel" yarim himoyachisi Dimitri Payet tomon shisha idish otishadi va u futbolchining boshiga tegadi.
Yakunda o'yin rasmiylari uchrashuvning to'xtatilishi borasida qaror chiqaradi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar