SHou: "Manchester Yunayted" chempionlik poygasida qolmoqda"
28 okt 2014 13:23
Yangiliklar


SHou: "Manchester Yunayted" chempionlik poygasida qolmoqda"
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk SHouning hisoblashicha, uning jamoasi hozir ham chempionlik poygasida ishtirok etmoqda.
Albatta, biz hozir ham chempionlik poygasidamiz. Mavsum uzoq va biz yo'l boshidamiz. Mavsum o'rtasida nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Biz shunchaki g'alaba qozonishimiz kerak. Oldimizda qiyin o'yinlar turibdi, ammo biz g'alabaga erishish uchun etarli darajada kuchlimiz.
Bizning yaxshi o'yinlarimiz hali oldinda. Hozir nimaga qodirligimizni to'liq ko'rsata olganimiz yo'q, ammo "CHelsi" bilan o'yinda bunga yaqin keldik. Jamoamizning barcha azosi yaxshi formada bo'lsa, biz qo'rqinchli kuchga aylanamiz" - deydi futbolchi.

Fikrlar