SHou: "Ibragimovich bo'shashgan jamoadoshlarini ko'rsa, urishib beradi"
02 sen 2016 14:16
Yangiliklar
SHou: "Ibragimovich bo'shashgan jamoadoshlarini ko'rsa, urishib beradi"
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk SHou jamoadoshi Zlatan Ibragimovich maydondan tashqarida o'zini qanday tutishi haqida so'zlab berdi.
"Ibragimovich juda yaxshi yigit. U tezda jamoaning muhim qismiga aylandi. Jamoada suhbatlashsa bo'ladigan inson borligi juda ajoyib. Tushlik paytida u ko'p hazillashadi, qiziqarli hikoyalar gapirib beradi. Zlatan bor kuchini ishga solishni va jamoadoshlari ham shunday harakat qilishini istaydi. U hech narsani etibordan qochirmaydi. Agar Ibragimovich bo'shashganingni ko'rsa, bu haqda albatta gapiradi" - deydi SHou.
Fikrlar