So’nggi yangiliklar

17:29Расман: "Севилья" "Интер" ярим ҳимоячиси трансферини эълон қилди  0 17:06"Агар Мудрикни 100 млн еврога сотиб олишган бўлса, Глушенковнинг нархи 200 млн"  0 16:30"Зенит" "Марсель" футболчисига 10 млн евро маош таклиф қилган, лекин...  0 16:07Гюндоган "Барселона"дан кетмайди  4 15:42Киммих бу ёз "Бавария"дан кетмайди  1 15:11"Арсенал" "Евро"да порлаган туркияликни ўз сафида кўрмоқчи  2 14:38"Манчестер Юнайтед" Коул Палмерни сотиб олмоқчи  4 14:12"Челси" "Атлетико"нинг Олимпиададаги ҳужумчисини сотиб олмоқчи  4 13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1 13:14Мбаппе ёки Винисиус — пенальти ва жарима зарбаларини ким тепади?  3 12:48Расман: Ромеу "Жирона"га қайтди  4 12:22Танташев кеча олган жароҳати туфайли Элит ОЧЛ плей-офф учрашувида ишлай олмайди  9 12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0

SHota Arveladzening ishonch krediti yoxud final haqida (tahlil) Yangiliklar

SHota Arveladzening ishonch krediti yoxud final haqida (tahlil)

Farg'onadagi final, AGMK tarixida yangi sahifa ochgan Ashurmatov va juda ko'p muhokama qilinayotgan SHota Arveladze haqida gaplashamiz.

Finalga bo'lgan etibor, o'yin atrofidagi voqealar haqida yana ko'p gapirmoqchi emasman. Bu haqda imkon qadar Tolibjon Qosimovning "Extra Time" loyihasida o'z fikrlarim bilan bo'lishdim.

SHuni aytishim mumkinki, Farg'onadagi final tashkiliy masalalari, reklama va o'yinga bo'lgan ajiotaj borasida O'zbekiston kubogi finallari ichida eng yaxshisi bo'lmagani haqiqat. Qolgan xulosa o'zingizdan.

Men o'yin, AGMKni yangi yo'l sari etaklagan Baxtiyor Ashurmatov va hozirgi kunda eng "qaynoq" mavzu bo'lib turgan SHota Arveladze borasida to'xtalmoqchiman.

Finaldan oldin turli gap-so'zlar, taxmin va bashoratlar ancha avj olgandi. Ko'pchilik kubokni "Paxtakor"ga "topshirib" qo'yishga ham ulgurgandi. AGMKning g'alabasi o'zbek futboli, qaytaraman, O'ZBEK FUTBOLI o'z darajasi va mavqeiga ega ekanligini qaysidir manoda isbotladi. Bizda bazi "muxlis" yoki "mutaxassislar" o'ylagandek toza, halol futbol uchramaydi, degan asossiz fikrlarni chilparchin qildi. Ajoyib va halol futbol uchun ikki jamoaga rahmat!

Mazkur jamoalar o'rtasidagi to'qnashuvda FINALda kuchliligini ko'rsata olgan - AGMK g'olibga aylandi.

Ochig'ini aytish kerak, maydon holati kombinacion futbol o'ynashga yaramasdi. Yani, to'p bilan o'ynaydigan, kombinacion futbol orqali o'yinini quradigan jamoa maydon bilan ham kurashishiga to'g'ri keldi. Uzun paslar, standart vaziyatlariga tayanib o'ynaydigan jamoa uchun esa maydonning bu holati nisbatan foydaliroq. CHunki kamida o'sha jamoa raqibining o'yini risoladagidek chiqmasligi tayin. SHuningdek, kecha Farg'onada yaxshigina kuchli shamol bo'ldi. Bu esa to'pni bazi vaziyatlarda sharga o'xshab yo'nalishini o'zgartirishiga olib keldi.

Bu jihatlar AGMK foydasiga ishladi, desam mubolag'a bo'lmaydi. CHunki AGMK uchun raqibning o'yini kutilganidek chiqmasligi minimal darajada bo'lsada kafolatlandi. AGMK esa dastlabki ikkita golini o'z uslubiga monand, yani standart vaziyatlaridan so'ng va uchinchisini qarshi hujumda urdi.

Lekin AGMKning g'alabasiga maydon holati yoki boshqa detallarni asosiy jihat sifatida ko'rsatish fikridan yiroqman. SHunchaki bor narsalar haqida atroflicha to'xtalib o'tdim.

AGMK tarixida yangi sahifa ochgan Baxtiyor Ashurmatov shu kuni AGMKni himoyada juda tartibli va hujumda maksimal samarali o'ynatishni uddaladi. Jamoa ruhan ancha tetik va g'alabaga chanqoq ravishda tushdi. Aynan shu jihatlar yakunda AGMKni ko'zlangan maqsadga etakladi. O'yindan oldin ham, finaldan keyingi matbuot anjumanida ham Ashurmatov to'g'ri so'zlarni topib, terib gapirdi. O'yindan oldin aytganidek, jamoa qo'rqmadi. Buni o'yinda ko'rdik. Bu borada Ashurmatov juda katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. Finalga jamoani juda to'g'ri tayyorlay olgani barcha jabxalarda yaqqol ko'rindi. Aynan Ashurmatov futbolchilarning ko'zida "olov"ni yondira oldi. Bu "olov"da esa "Paxtakor" kuydi. "Paxtakor" finaldan oldin raqibni hayolan yutib qo'ygani ularga yakunda qimmatga tushdi. Yani futbolchilar raqibning kuchiga etarlicha baho bera olishmadi. Bunda esa murabbiylar shtabining xatosi mavjud albatta.

Mavsum o'rtasida kelgan va jamoa bilan ahamiyati yuqori sovringa egalik qilgan Ashurmatov murabbiy sifatida yuqori potencial sohibi ekanligini isbotladi. Muhimi, salohiyat borligi ko'rindi. Endilikda buni yuzaga chiqarish uchun vaqt va sharoit talab etiladi.

Yana bir jihat shuki, finaldan oldin AGMK va Ashurmatov oldida hech qanday bosim yo'q edi. Buni murabbiy ham takidlab tasdiqlagandi. Bu esa AGMK foydasiga ishlagan yana bir jihat sifatida xizmat qildi. Aksincha, finaldan oldingi taxmin va turli xil gap-so'zlarga chiroyli javob berildi. Ayna shu javobni berish uchun ham ter to'kkan futbolchilarga bu taxminlar qo'shimcha motivaciya rolida bo'lgan bo'lsa ajab emas.


Arveladze nega istefoga chiqarilmayapti?

Ko'pchilik kechagi finaldan so'ng Arveladzening istefosini istab qoldi. Aslida bu mavzu avval ham muhokama qilingan. O'tgan yili "Nasaf"dan uchralgan mag'lubiyat va OCHLda pley-off bosqichidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin Arveladze kursisi borasida savollar tug'ilgandi. Ammo butkul yangi klub va jamoani shakllantirayotgani aytilgan Arveladzega muvaffaqiyat qozonish uchun vaqt berilishi malum qilingandi. Bu yili esa chempionlikka qiyoslangan bahsda "Loko"ga yutqazgach Arveladzening istefosi yana eslandi. Kechagi finaldagi mag'lubiyat Arveladze istefosi haqidagi mavzuni kun tartibiga ko'tardi.

Ijtimoiy tarmoqlarda, saytdagi izohlarda, umuman "Paxtakor" muxlislari orasida barcha Arveladze istefo beradimi yoki yo'q, degan savol yuzaga kelgan. Klub rahbariyatida bu masala muhokama qilinganmi yoki yo'q bir narsa deyish mushkul. Ammo haqiqat shuki, hozircha bu borada hech qanday xabar yoki gap-so'zlar yo'q. Demak taxmin qilinganidek Arveladze o'z ishini davom ettiradi.

Hozirgi "Paxtakor"da nega Arveladzega bu qadar ko'p ishonch krediti taqdim etilmoqda, degan o'rinli savol tug'iladi. SHuni aytish kerakki, o'tgan yili yangilangan va ushbu bosqichni boshdan o'tkazayotgan "Paxtakor"da Arveladzening nafaqat jamoani shakllantirishda, balki klub tizimini isloh qilib, uni evropa darajasiga chiqarishda ham o'rni katta.

"Paxtakor"ning yangi rahbariyati va murabbiyini tanishtirish marosimida Arveladze Bobur SHodievni ko'rsatib, "Klub prezidenti nafaqat kuchli jamoa, balki top klub tuzishni vada berdi. Bu umuman boshqa-boshqa narsalar", degani yodimda.

Arveladzening klub tizimida ham tutgan o'rni mavjud. Murabbiy klub rahbariyati bilan do'stona aloqada va ular gruziyalik mutaxassisga to'liq ishonishmoqda.

SHota Arveladze yaqin 2 yil ichida "Krasnodar"ning qiziqishlarini beetibor qoldirdi. Bu ham bo'lsa hozirda butun diqqat-etibori "Paxtakor"ga qaratilganidan darak.

Arveladze kelganiga bir yildan oshdi va barcha yangilangan "Paxtakor"dan katta natijalar kutmoqda. Ko'pchilik nazdida "Paxtakor" sarflanayotgan pullarga monand o'ynamayapti, natija ham hozircha yo'q.

Arveladze kelganidan so'ng jamoa OCHL guruh bosqichiga chiqishni va mamlakat kubogini boy berdi. Oldinda bu yil hisobida birgina va muhim sovrin - chempionlik turibdi.

Aynan shu chempionlik ko'p jihatdan Arveladzening "Paxtakor"dagi murabbiylik faoliyati taqdirini hal etadi. Ko'pchilik "Lokomotiv"ning endilikda chempionlikni boshqaga, xususan "Paxtakor"ga topshirib qo'yishiga ishonmaydi. To'g'ri, bu juda qiyin masala. Ammo finaldagi mag'lubiyat "Paxtakor"ni chempionlik uchun istasa-istamasa oxirigacha kurashishini taminlaydi. Buyog'iga kurash yanada qiziydi. Arveladze uchun ishonch kreditining so'nggi bekati aynan chempionlik masalasi bo'lish ehtimoli yuqori. Agarda "Paxtakor" chempionlikni qo'lga kiritmasa, unda Arveladzeni istefoga chiqarish emas, balki murabbiyning o'zi istefo berishi mumkin. Har holda menda shunday fikr mavjud. Buyog'iga Arveladze o'zining so'nggi imkoniyatidan maksimal foydalanishga va bilimlarini to'liq qo'llashga urinib ko'radi. SHu boisdan ham chempionlikni "Loko"ga topshirishga shoshilmagan bo'lardim.

CHunki Arveladze qo'l ostidagi "Paxtakor"ning o'yinida murabbiy imzosi yo'q, jamoada g'oliblik xarakteri etishmaydi, degan gaplar ham mag'lubiyatdan so'ng qo'zg'almoqda. To'g'ri, kerakli payt jamoa yutqazib qo'ymoqda. Avvalgi "Paxtakor"dagi ruhiyat ko'rinmayapti. Ammo eski "Paxtakor" bilan hozirgi jamoani solishtirish noto'g'ri. Kamida biroz vaqtli. Eski "Paxtakor" necha yillardan buyon shakllanib, kuchli bir oilaga aylangan jamoa sifatida tanilgandi.

Hozirgi "Paxtakor"ning falsafasi umuman boshqa. Eskisi bilan tubdan farq qiladi. SHu boisdan ham avvalgi jamoa bilan hozirgi o'rtasidagi tafovut sezilib qolyapti.

Eski "Paxtakor" bilan hozirgisini kamida yana 3-4 yildan so'ng solishtirib, keyin yakuniy bahoni berish adolatliroq bo'lardi, chamamda.

Arveladzening o'yindagi imzosi, jamoada xarakter yo'qligi va hokazolar haqida qisqacha. "Paxtakor" Superliganing birinchi bosqichini birinchi o'rinda tugatdi. Faqatgina format tufayli hisoblangan oltin ochkolar qoidasi ularni o'rnini almashtirib qo'ydi. SHuningdek, jamoa Superligadagi ikkinchi bosqichni ajoyib tarzda boshladi. Jamoa o'yinida mazmun va qator vaziyatlardan tashqari samaradorlik va xarakter qo'shilganiga guvoh bo'ldik. Ammo oktyabr oyida yuzaga kelgan FIFA kunlaridan so'ng "Paxtakor" o'yin ritmini yo'qotib qo'ydi. SHu tanaffusdan keyin jamoa o'yinida keskin pasayish kuzatildi.

Bu nafaqat "Paxtakor"da, balki evropada ham ko'plab grandlar bilan yuzaga keladigan holat. CHunki jamoa tarkibidagi ko'plab futbolchilar terma jamoaga yo'l olishadi. Mazkur jihatdan kuz oyida terma jamoalarga ketadigan ko'plab futbolchilarga ega grandlar aziyat chekishadi.

Evropada grand jamoalar yangi mutaxassisga standart 3 yil vaqt berishadi. Agarda yangi mutaxassis jamoa natija etibori bilan juda katta inqirozga yo'l tutmasa, unda unga o'sha ishonch garovi beriladi. "Paxtakor" kubok finaliga kelgani, chempionlik uchun kurashayotgani va rahbariyat hamda murabbiy evropa mentalitetiga  xos fikrlashini inobatga olsak, "Paxtakor"da ham bu tizim ishlamoqda. SHu boisdan ham rahbariyat Arveladzega yaxshigina ishonch kreditini taqdim etgan.

Oddiy misol, garchi taqqoslash biroz g'alati ko'rinsada, APL grandi "Siti" ruliga kelgan Gvardiola va uning transfer oynasida millionlarni sarflab birinchi yili qo'lga kiritgan natijasini eslatib o'taman.

Arveladzening "Paxtakor"da yo'l qo'ygan eng katta xatosi legioner tanlashda yuz bergan. Kerakli va muhim pallalarda legionerlarning ko'magi sezilmayapti, aksincha ularning muhim paytda yo'l qo'yayotgani xatolari qimmatga tushmoqda. Qaysidir manoda Arveladzening oyog'iga legionerlar bolta urishmoqda. Legionerlar klub sport direktori Jafar Irismetov yoki Sobir Xodievning emas, balki Arveladzening tanlovi.


Finalda munosib va haqli jamoa g'olibga aylandi. Hozirgi "Paxtakor" bilan eski jamoani taqqoslashga esa hali vaqt bor, chamamda.

Muallif :
Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика