So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  21 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  3 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

SHota Arveladze: "Toshkentga futbol qaytayotganidan xursandman" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Toshkentga futbol qaytayotganidan xursandman"

Superliganing 13-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" ustozi SHota Arveladze qatnashdi.

- Birinchi navbatda muxlislarga tashakkur. Bugun stadionda ajoyib muhit hukmronlik qildi. Nihoyat Toshkentga haqiqiy futbol qaytayotganidan xursandman. CHunki futbol avvalo ular uchun va ishqibozlarsiz futbol o'ynashdan mano yo'q. "Paxtakor" muxlislarni futbolga qaytarish uchun barcha ishni amalga oshirmoqda.


O'yin davomida jamoalar tavakkalga qo'l urishni istashmadi. Birinchi taym bizning nazoratimiz ostida o'tdi. Ikkinchi bo'limda tashabbusni raqibga bergan holda qarshi hujum taktikasidan ham foydalanmoqchi bo'ldik. Ammo qarshi hujumda vujudga kelgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Natijadan ko'nglim to'ldi. Muhim o'yinda g'alaba qozondik. Derbidagi g'alaba doim yoqimli bo'ladi.



Tiago Bezerra: "G'alaba uchun yaratganga tashakkur. Birinchi bo'limda o'yin tizgini biz tomonda bo'ldi. Tanaffusdan keyin esa himoyaga etibor qaratgan holda qarshi hujum taktikasida o'ynadik. Muhim va derbidagi g'alaba kishini xursand qiladi. Hozir g'alabani nishonlash uchun yaxshi fursat. Ammo bu xushyorlikni yo'qotamiz degani emas".


Reyting: +31   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика