So’nggi yangiliklar

19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  6 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  1 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  93 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  15 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  2 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  53 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2

SHota Arveladze: “Superligada oson o'yin yo'qligiga yana bir bor amin bo'ldim” Yangiliklar

SHota Arveladze: “Superligada oson o'yin yo'qligiga yana bir bor amin bo'ldim”

“Neftchi” – “Paxtakor” bahsidan so'ng toshkentliklar bosh murabbiyi SHota Arveladze o'z fikrlarini bildirib o'tdi

- Bahsga doimgidek tayyorgarlik ko'rdik. Balki jamoamiz safidagi bir qator o'yinchilarda xorij yig'inlaridagi charchoq alomatlari sezilgandir. O'yin qiziqarli o'tdi. Yaratilgan vaziyatlardan foydalanib gol urishimiz darkor edi. Bahsdan shunday xulosaga keldimki, Superligada oson o'yin yo'qligiga yana bir bor amin bo'ldim. Hozir uch ochkoni xech kim “sovg'a” qilib bermaydi.  Raqibning yosh tarkibini bugungi natija bilan tabriklashni istardim. “Neftchi”ning yosh o'yinchilari bugungi bahsda katta hajmdagi ishni bajarishdi va natijada o'zlarining ulkan hissalarini qo'shishdi. “Paxtakor” navbatdagi bahslarga etibor qaratadi va endi yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish borasida ko'proq ishlaymiz

- Bugun “Paxtakor” raqibni pisand qilmadimi yoki “Neftchi” raqibga jiddiy qarshilik ko'rsatdimi?

- Bugun “Neftchi” jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Raqibni mensimadik degan fikrdan yiroqdaman. O'ylashimcha, farg'onaliklar xar bir bahsda mana shunday kuchli o'yin ko'rsatishadi. Bu birinchisi emas. Futbolda yaratilgan vaziyatlardan foydalanish kerak. “Neftchi” misolida aytamanki, raqib bitta vaziyatdan aniq foydalandi va gol kiritdi.  - dedi SHota Arveladze


Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика