SHota Arveladze: "Neftchi" o'tgan yilgiga nisbatan kuchaygan"
30 mar 2018 11:53
Yangiliklar


SHota Arveladze: "Neftchi" o'tgan yilgiga nisbatan kuchaygan"
Bugun Superligada to'rtinchi tur bellashuvlari davom ettiriladi.
"Paxtakor" bosh murabbiyi "Neftchi" bilan kechadigan uchrashuv xususida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Yangi mavsumda "Neftchi" kuchaydi. Ularning oxirgi o'yinlarini kuzatdik - yaxshi va qarshilik qiladigan jamoa. Ular ham biz bilan uchrashuvga jiddiy tayyorlanishgan. Bizning raqibga va raqibning bizga tayyorlab qo'ygan kutilmagan yurishlari bo'lishi mumkin. Biz muxlislarni xursand etish uchun hujumkor futbol bilan yutishga harakat qilamiz", - deb aytib o'tdi Arveladze.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar