So’nggi yangiliklar

17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  0 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  5 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  15 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  3 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  48 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0

SHota Arveladze: "Peshqadamlardan biri bilan keskin o'yin o'tkazamiz" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Peshqadamlardan biri bilan keskin o'yin o'tkazamiz"

Bugun Superliga 7-turiga start beriladi. Toshkentda "Paxtakor" jamoasi Bekobodning "Metallurg" klubiga qarshi bahs olib boradi.

Uchrashuvdan oldin "sherlar" ustozi SHota Arveladze bo'lajak o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

- Asta-sekinlik bilan chempionatning qizg'in pallasi kirib bormoqda. Birinchi davra o'rtasiga etib keldik. Hozircha yaxshi o'yin namoyish etyapmiz, ammo hech narsaga qaramay, oldinga qarab borish, o'yinni yanada yaxshilash ustida ishlashda davom etish kerak. Hech bir raqibni shunchaki engib bo'lmaydi. Endi har bir uchrashuv ahamiyati ortib boraveradi. Biz doimgidek hujumkor va ishqibozlarga yoqadigan chiroyli o'yin namoyish etishga intilamiz.Raqiblarni hurmat qilamiz va har bir uchrashuvga jiddiy munosabatda bo'lishga urinamiz.

"Metallurg" yaxshi jamoa. Ular oxirgi ikki yilda yaxshi jamoalardan biriga aylanishdi. Tarkibida bir qator tajribali va yaxshi ijrochilari bor. Har bir klubga jiddiy qarshilik ko'rsata oladigan salohiyatga ega. Bizning vazifamiz esa chiroyli futbol ko'rsatish va zafar uchishga urinishdir.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика