So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

SHota Arveladze: "Bugun ko'proq shaxmat o'ynadik" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Bugun ko'proq shaxmat o'ynadik"

"Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi SHota Arveladze va o'yinda "sherlar" safida eng yaxshi futbolchi deb etirof etilgan Dilshod Rahmatullaev ishtirok etdi.

- Birinchi navbatda stadionda ajoyib muhit bo'lganini takidlab o'tgan bo'lardim. Aynan shunday muhitda futbol o'ynash o'zgacha rohat bag'ishlaydi. O'yin har ikkala murabbiylarning taktik kurashlari bilan kechdi. Murabbiylar asosan shaxmat donalarini yurish bilan mashg'ul bo'lishdi. Biz ham, "Loko" ham malum muddat to'pni raqibga nazorat qilish uchun topshirdi. Tezkor, harakatlarga boy o'yindan ko'ra taktik kurashli futbol guvohiga aylandik.

- O'zgarishlar xususida, Griffitsni maydonga tushirib adashdingizmi?

- Azim Ahmedov charchagandi va o'zgartirishni so'radi. Ko'p narsa murabbiy o'sha vaziyatdan nima xohlashiga bog'liq. Uchrashuv davomida murabbiy o'yinni yaxshilash yoki nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida o'zgartirish qilishi mumkin. Men esa o'yin nazoratini saqlab qolish maqsadida Griffitsni maydonga tushirgandim. Ammo biz maydon markazida 2-3 bor to'p yo'qotish natijasida qarshi hujumlarni qabul qilib oldik. Jamshid Iskanderovni tushirib hujumni kuchaytirishim mumkin edi. Ammo tavakkal qilmadim. Azim Ahmedovning o'rniga o'sha uslubga mos futbolchini, yani Griffitsni tushirganimga asosiy sabab, maydon markazidagi nazoratni qo'ldan chiqarmaslik edi. Bugungi bahsda bizda oxirgi zarbani berish o'xshamadi. SHuningdek, Griffitsni tushirganimda yana bir sabab, bu standart vaziyatlaridan foydalanish rejasi. Yani Rostin ikkinchi qavatda yaxshi harakat qilishini inobatga olgandik. Masalan ikkinchi o'zgarishni qilishda to'g'ri qaror qabul qildim. CHunki Yaxshiboev o'yinga tezda kirishib ketdi. Demak o'zgarishlar bo'yicha ko'rsatkichim 1:1.

- "Paxtakor" hozircha "kuchli-oltilik"ka kirgan jamoalar bilan o'yinda g'alaba qozonmadi. Vaholanki uchinchi davradan etiboran "oltin ochko" qoidasi ishlaydi. "Paxtakor" esa "oltitalik"dagi jamoalar "Buxoro" va "Bunyodkor"dan mag'lubiyatga uchradi va "Loko" bilan durang. Buni qanday izohlaysiz?

- 8-turdan keyinoq bu haqda gapirishga erta. Meni har gal keyingi o'yin qiziqtiradi. Hozir bu haqda o'ylashga erta. Men bunga izoh bermayman. CHunki hali mavsum uzun. Bu haqda ikkinchi davradan keyin gaplashamiz. Ayni paytda meni faqat jamoam o'yini va holati qiziqtiradi. Mantiqan to'g'ri savol. Jurnalistlar, muxlislar hozirdanoq ochkolarni hisoblab borishmoqda. Ammo men buni ikkinchi davradan keyin tahlil qilaman.

Dilshod Rahmatullaev: "Birinchi navbatda bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga katta rahmat aytaman. Ular bugun ilk daqiqadan toki hakam xushtagi yangraguncha bizni faol tarzda qo'llab-quvvatlashdi. O'yinga kelsak, bizning jamoada ko'proq gol urish uchun vaziyatlar bo'ldi. Raqibda ham biz yo'l qo'ygan xatolardan keyin bir-ikkita vaziyatlar vujudga keldi. "Loko" asosan ikkinchi bo'limda darvozamizga ko'proq xavf soldi. Umuman olganda esa "Loko" bugun qarshi hujumda o'ynadi. Raqib bizni o'z hududida kutib olib, qarshi hujumga tayanib o'ynadi".

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика