So’nggi yangiliklar

15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  12 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  2 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2

SHota Arveladze: “Futbolchilar chempion bo'lishganidan keyin ham oylik maoshlar va mukofot pullarini olishda davom etishadi” Yangiliklar

SHota Arveladze: “Futbolchilar chempion bo'lishganidan keyin ham oylik maoshlar va mukofot pullarini olishda davom etishadi”

“Dinamo” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyin dastlab mehmonlar murabbiyi SHota Arveladze o'yin borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Terma jamoadagi o'yinlardan keyin futbolchilarning yana jamoa o'yiniga moslashishi qiyin kechadi. SHunga qaramay, futbolchilarimizga rahmat, bugun o'zlarini yaxshi ko'rsatishdi. Birinchi bo'limda “Dinamo” yaxshi o'ynadi, hisobni ochdi, ammo bo'lim yakunida ikkita gol urishimiz jamoamiz natijasiga katta tasir qildi. Ikkinchi bo'limda zaxiradagi futbolchilarning tushirilishi o'yinimizni yanada kuchaytirdi va 4:1 hisobda g'alaba qozondik. Jamoamizda mahorat yuqoriligi va o'yin jahatdan ustun ekanligimiz ko'rindi.

- CHempionlikdan keyin jamoani ruhlantirish qiyin kechmayaptimi?
- Bu professionalizm. Axir, futbolchilarimiz chempion bo'lishganidan keyin ham oylik maoshlar va mukofot pullarini olishda davom etishadi. CHempionatni, raqiblarni va muxlislarni hurmat qilishimiz shart. Bugun jamoamizning chiroyli o'yini barcha muxlislarni quvontirdi, deb o'ylayman. Samarqandda ham muxlislar chiroyli o'yinni olqishlashdi.

- Birinchi davra va ikkinchi davradagi “Dinamo” orasida qanday farq ko'rindi?

- Bugungi va Toshkentdagi “Dinamo”ga qarshi o'yinlarimizni eslaydigan bo'lsak, birinchi davradagi “Dinamo”da ishonch yuqori edi, biz ularni qiyinchilik bilan mag'lub eta olgandik. Bugun birinchi bo'lim yakunida ikkita gol urishimiz vazifamizni osonlashtirdi. Bugungi “Dinamo”ga bu o'yingacha bo'lgan ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar tasir qilmoqda, deb o'ylayman. Umuman olganda esa, “Dinamo”ni kurashuvchan va jangovar jamoa deb bilaman. “Dinamo” keyingi 4 ta turda ochkolar olib, ligada qolishini tilab qolaman.


Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика