So’nggi yangiliklar

21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатачи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  2 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  1 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  1 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  2 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  2 17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  11 16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  12 16:27Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га йўл олишини айтди  10

SHota Arveladze: "Finalda AGMKdan revansh olishni istaymiz" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Finalda AGMKdan revansh olishni istaymiz"

O'zbekiston Kubogi yarim finali doirasidagi "Paxtakor" - "Nasaf" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi SHota Arveladze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Kubok o'yinlaridan oldin futbolchilarga doim bir narsani tushuntiraman. Kubok bu sovrin yutish uchun eng yaqin yo'l. CHempionatda 26, 38ta tur bo'ladi, Kubokda esa maksimum 5ta o'yinda yutib sovrin qo'lga kiritish mumkin. Bugungi bahs muxlislarga yoqadigan tomoshabop bo'ldi deb o'ylayman. "Nasaf"ni ham chiroyli o'yin bilan tabriklayman. "Paxtakor" uchun qayg'uradigan, shu erda ishlaydigan, bizni moliyalshtiradiganlarni tabriklayman", - deydi SHota Arveladze.

- Bu mavsum Superligada "Paxtakor"ga teng keladigan klubni ko'rmadik. Ammo OCHLda muammolar borligi sezilib qoldi, yangi mavsumdan oldin qaysi chiziqlarni kuchaytirmoqchisiz?

- Ayni paytda yangi mavsum haqida emas bu mavsumni tugatish haqida bosh qotirish kerak. Albatta selekciya ishlari davom etadi. Yaxshi sifatli o'yinchilar Evropada, Argentinada, Braziliyada bo'ladi.



- Ketma-ket ikkinchi yil AGMK bilan finalda o'ynaysizlar. O'tgan mavsum imkoniyat boy berilgandi. Bu yilgi finaldan nima kutyapsiz? Bundan tashqari final qaysi stadionda bo'lishini xohlardingiz?

- Yaxshi, sifatli maysaga ega, ko'plab muxlislar keladigan va final muhiti sezilib turadigan stadionda o'ynashni xohlardim. AGMKni ketma-ket ikkinchi yil finalga chiqqani bilan tabriklayman. O'tgan mavsum uchun ulardan revansh olishni istaymiz.



- CHempionlik qo'lga kiritildi, OCHL yo'llanmasi naqd bo'ldi. SHunday pallada futbolchilarni ruhlantirish qiyin bo'lmayaptimi?

- Futbolchilardan o'zlari yoqtirmaydigan ish qilishlarini talab qilayotganimiz yo'q. Ular futbol o'ynashni sevishadi. Men bir misol keltiraman, SHotlandiyada "Glazgo Reynjers"da o'ynaganimda chempion bo'lganimizdan keyin bayram qilamiz deyishdi. SHunda klub nechani marta chempion bo'ldi deb so'radim, 50-marta deb javob berishdi. Mavsum oxirida biz Kubokni ham Liga kubogini ham yutdik. SHunda "oltin xet-trik" necha marta bo'lganini so'radim, 115 yillik tarixda atigi 7 marta bo'lgan deyishdi. Tushunayapsizmi? Barcha musobaqalarni yutish juda ham qiyin. Bu yil O'zbekistonda ilk bor uchta sovrin yutish imkoniyati paydo bo'ldi to'g'rimi? Eslab qolinglar O'zbekistonda qaysi klub birinchi bo'lib 7 marta "oltin xet-trik"ni qo'lga kiritsa o'sha klub Osiyoning eng kuchli jamoasi bo'ladi. SHu bois biz ham uchta sovrinni yutishni xohlaymiz. Oldinda bitta final, Liga Kubogida yarim final, hamda Superligada 6ta o'yin bor. Superligada bejizga chempion bo'lmaganimizni isbotlashimiz kerak. Barcha raqibga qarshi munosib o'ynashimiz lozim, futbolchilar shunday o'sishadi va tajriba to'plashadi.


Narzulla yozib oldi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика