So’nggi yangiliklar

20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  4 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  1 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  20 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   14 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  6 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  53 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  3 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  3 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  52 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0 14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

SHota Arveladze: "Bunday yuqori darajali musobaqada futbolning o'zini tahlil qilishimiz yaxshiroq bo'lardi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Bunday yuqori darajali musobaqada futbolning o'zini tahlil qilishimiz yaxshiroq bo'lardi"

"Paxtakor" bosh murabbiyi "Al Hilol" bilan OCHL 3-tur o'yinidan keyin matbuot anjumanida bahs haqida fikrlarini bildirdi.

Al Hilal

Sebastian Giovinco - 45', Hattan Sultan Bahbri - 90'

AFC Champions League Grp. B . 3-tur

15/09/2020, 00:00

1
:
2
Cancelled

Pakhtakor Tashkent

Eren Derdiyok - 70'

- Bunday saviyali musobaqada biz futbolning o'zi haqida gapirishimiz yaxshiroq bo'lardi, chunki Osiyoning eng kuchli klubiga qarshi o'ynadik. Qizil kartochka berilishidan avval to'p oshirilganda o'yindan tashqari holat bor edi. SHuningdek, bizning hujum paytida futbolchimizga qo'pollik ishlatilgandi. Bu judayam og'riqli. Kiyinish xonasida ularga qarash qiyin. Afsuski, bunday qo'pol xatolar judayam og'riqli. Biz yana qaytamiz. Futboldagi odamlar esa kamroq xato qilishlariga umid qilamiz. Ular qarorlarini o'zgartirishmoqda, oson follarni berishmoqda. Kimdir ko'rsatishi bilan qarorlari o'zgarmoqda. Bunday darajadagi turnirda yuqori saviyali hakamlar bo'lishi kerak, ammo bu holat bizni xafa qildi.

Bunday darajadagi o'yinlarda 3-4 imkoniyatdan foydalanib qolish kerak. Bunga intilish lozim. Lekin bu hali bizning eng yaxshi o'yinimiz, eng yuqori darajamiz emas. Biz yaxshiroq o'yin ko'rsata olamiz.

Biz oldinga umid bilan boqamiz. Ishimiz futbolchilarni ruhlantirish. Endi bu tarix ekanligini ularga uqtiramiz. Bugungi o'yin tugab bo'ldi. Tezroq tiklanib, yigitlarga navbatdagi bellashuv haqida so'ylaymiz. Oldinda uch bahs kutmoqda. Raqib haqida malum xulosalarga egaman, ammo bu hozircha yon daftarchamda bitilgan. Buni yigitlarga aytaman. Keyingi bellashuvda biz o'zimiz xohlagandek o'ynashga harakat qilamiz.

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика