SHota Arveladze: "Bugun juda ko'p imkoniyatlar yaratdik"
18 apr 2019 22:57
Yangiliklar
SHota Arveladze: "Bugun juda ko'p imkoniyatlar yaratdik"
- Biz hujumkor futbol ko'rsatdik va ko'plab vaziyatlarni sodir etdik. Bo'sh darvozaga gol ura olmadik, to'sin hamda ustunlarni nishonga oldik. O'yinni nazorat qildik. Raqib esa kutilganidek himoyada o'ynadi. Ular qarshi hujumlarga o'tishga urinishdi. 2-3 marta shunday holatlarda yaxshi harakat qilishdi. Biz esa birinchi golni tezroq urishimiz lozim edi. Bunga yarasha vaziyatlarni yuzaga keltirgandik. Ikkinchi bo'limda suratni yanada oshirdik. Natijada ikki to'p kiritdik.
Sergeev maydonga tushirilgach, Bikmaev markazga o'tib hujum ortida o'ynashga tushdi. U bu poziciyada ham o'ynay oladi.
"Al Sadd"ga qarshi uchrashuv arafasida Abdullaevning jarohat olgani bezovta qilmoqda. Har 3-4 kunda o'ynash oson emas. Sadriddin tibbiy tekshiruvdan o'tadi va shunga qarab xulosa chiqaramiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar