So’nggi yangiliklar

19:27Клопп: "Ғалати эшитилиши мумкин, энди мураббийлик қилишни истамайман"  0 19:00Суперлига. "Бунёдкор" – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  1 18:49"Челси" янги стадион қурмоқчи  0 18:27Суперлига. "Бунёдкор" - "Сўғдиёна" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  3 16:57"Челси" келаси ҳафтада янги трансферни эълон қилиши кутилмоқда  0 16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  2 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  7 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  6 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  5 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  7 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6

SHota Arveladze: "Bugun Jizzaxdagi o'yinga qaraganda 16,5 daqiqa ko'proq futbol o'ynadik" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Bugun Jizzaxdagi o'yinga qaraganda 16,5 daqiqa ko'proq futbol o'ynadik"

Coca Cola Superligasining 5-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" (5:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi SHota Arveladze ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda stadion xodimlariga katta rahmat aytmoqchiman. Karantin vaqtida ham xodimlar stadion maysasini ideal tarzda parvarishlashdi. Agar maydonda ko'p vaqt futbol o'ynalmasa maysa o'z-o'zidan yaxshi bo'ladi degan fikr xato.

Jizzaxdagi o'yin bilan taqqoslaganda bugun 16,5 daqiqa ko'proq futbol o'ynadik. Bu "Bunyodkor" futbol o'ynashni xush ko'radigan jamoa ekanligini anglatadi. Jizzaxda 98 daqiqadan 40 daqiqasi toza o'yin vaqti bo'lgandi. Bugun esa bu narsa 56,5 daqiqaga teng bo'ldi. Yomon o'ynaysanmi yoki yaxshi o'ynaysanmi futbol o'ynashga harakat qilish kerak.

Derbi, mag'lubiyatdan keyin juda muhim o'yin edi. Ilk daqiqada gol urdik, 1:0 hisobi vaqtida Suyunov bizni qutqardi, umuman olganda rahmat ayta olaman. Oldingi mag'lubiyatdan keyin yaxshi o'ynadik.

Derdiyok va Sergeev? Katta tanaffusdan keyin yigitlar yana boshidan jismoniy va ruhiy formaga kirib borishmoqda. Igor Sergeev doim ajoyib darajada o'ynaydi, u maydonga tushishga loyiq ekanligini mashg'ulotlarda ham isbotlaydi. Bugungi kunda tarkibda rotatciya amalga oshirish imkoniyatiga egamiz.

Masharipov va "Trabzonspor"? Men mish-mishlar haqida fikr bildirmayman. Rasman bizda hech nima yo'q", - deydi SHota Arveladze.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика