So’nggi yangiliklar

22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  1 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  210 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  8 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  2 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1 18:28"Андижон"нинг Суперкубок учрашуви учун стадионга етиб келишидан суратлар  9 18:16Асрор Алиқулов: "Биринчи бўлимда бизга иккинчи бўлимдаги каби шижоат етишмади"  0 18:00БАА - Ўзбекистон учрашувини катта экранда томоша қилишни истаганлар диққатига!   12 17:54Ўзбекистон Суперкубоги-2025. "Бунёдкор" стадиони учрашувга шай ҳолатда  2 17:20Саудия Арабистонида спиртли ичимликлар: 2034 йилги ЖЧда сайёҳлар учун истисно бўлиши мумкин  10

SHota Arveladze: "Birinchi taymda taktik taraflama juda yaxshi o'ynadik" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Birinchi taymda taktik taraflama juda yaxshi o'ynadik"

Teglar :  SHota Arveladze
Superliganing 3-tur doirasidagi "Paxtakor" - AGMK (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" bosh murabbiyi SHota Arveladze qatnashdi.

SHota Arveladze: - AGMK jismoniy kuchga tayangan futbol namoyish etadi. Ular standart vaziyatlarida, yani jarima zarbalari, burchak to'plari hamda yon chiziqdan to'pni o'yinga kiritishda xavfli. Raqib 5 himoyachi taktikasida o'ynashi tufayli ularga qarshi bahsda vaziyatlar yaratish mushkul. Ular "Bunyodkor" bilan o'yinda ham, o'z maydonida kechgan "Navbahor"ga qarshi bellashuvda ham himoyaviy o'yin ko'rsatishgandi. SHuni alohida etirof etishim kerakki, biz birinchi bo'limda taktik taraflama juda yaxshi o'ynadik. Tanaffusga qadar urilgan ikkitadan goldan tashqari yana minimum 2ta to'p kiritishimiz lozim edi. Ammo bunday bo'lmadi.

Futbol shunday o'yinki, bir qarashda hammasi risoladagidek ketayotgandek ko'rinadi, ammo birgina xato barchasini o'zgartirib yuborishi mumkin. Ikkinchi bo'limda esa vaziyat biroz o'zgardi. Tanaffusdan so'ng jamoa yaxshi harakat qilgan vaziyatlar ham bo'ldi, shuning barobarida xatolar ham vujudga keldi. Umuman olganda jamoam juda yaxshi o'yinni o'tkazdi. Biz bugun ikkitadan ko'p gol urish etarlicha vaziyatlar sodir etdik. Asosiysi, bugungi bahsda muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Biz hisob 2:0 bo'lgach himoyaviy o'yin ko'rsatmadik. Kerakligicha hujumga o'tdik. Ikkinchi o'yindirki gol o'tkazib yuboryapmiz. Aynan shu jihat ko'ngilni xira qilmoqda.

Men oilaviy sabablarga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi bilan birga Marokash va Senegalga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlariga bora olmayman. Tunda Istanbulga uchib ketaman.

Matbuot anjumanida uchrashuvda "Paxtakor" safida eng yaxshi futbolchi bo'lgan Tiago Bezerra ham qatnashdi va o'yin borasidagi fikrlarini bildirdi.

Tiago Bezerra: - O'yinni juda yaxshi boshladik va dastlabki 15-20 daqiqa ichida uchrashuv taqdirini hal etishimiz mumkin edi. SHunga qaramay juda kerakli g'alabani tantana qildik. Uyda g'alaba qozonish juda ham muhim. Garchi tablodagi hisob yiriklashmagan bo'lsada, turnir jadvali uchun bizga muhim bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kiritdik. G'alabadan albatta juda ham xursandmiz. FIFA kunlari bois yuzaga kelayotgan tanaffusda yanada jiddiyroq ishlab, kelgusi uchrashuvlarga hozirlik ko'ramiz. Nega bor mahoratimni ko'rsata olmayapman? Turkiyada men ko'proq individual harakatlarimni ishga solib, o'zim uchun ham o'ynaganman. Bu erda esa asosan jamoa uchun o'ynayotganim bois, hali to'liq potencialimni namoyish eta olmayapman. Men ko'proq murabbiy mendan talab qilayotgan va u istayotgan o'yinni ko'rsatishga harakat qilaman.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика