SHota Arveladze: "Birinchi davrani ortiqcha yo'qotishlarsiz yakunlashni istaymiz"
21 iyu 2019 11:32
Yangiliklar


SHota Arveladze: "Birinchi davrani ortiqcha yo'qotishlarsiz yakunlashni istaymiz"
"Paxtakor" bosh murabbiyi "Qizilqum" bilan uchrashuvdan avval o'yin xususida fikrlarini aytib o'tdi.
- O'tgan turda juda yaxshi o'yin namoyish qildik va buni o'z muxlislarimiz qarshisida davom ettirishni istaymiz. Yaxshi holatga kirib boryapmiz. Oxirgi uch bellashuvda yirik g'alabalarga erishdik, ammo bu bizni xotirjam bo'lishga chorlamasligi lozim. Mashg'ulotlarda futbolchilar bor kuchlari bilan ishlashda davom etishmoqda. "Qizilqum" yaxshi jamoa, ular imkon qadar hujumkor futbol ko'rsatishga intilishadi. Bu jamoaga qarshi o'tgan mavsumdagi uchrashuvlarimiz qiziqarli kechgandi.
Mavsum qizg'in pallasiga kirib bo'ldi. Birinchi davrani ortiqcha yo'qotishlarsiz yakunlashni istaymiz. SHu sababli hozir har bir bahsning qadri juda baland. Maqsadimiz har doimgidek chiroyli va hujumkor o'yin orqali g'alaba qozonishga urinish bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar