So’nggi yangiliklar

01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  0 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  8 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5

SHota Arveladze: "Aktamovning gaplarini muhokama qilmayman" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Aktamovning gaplarini muhokama qilmayman"

Superliga 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan keyin matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" bosh murabbiyi SHota Arveladze va jamoa hujumchisi Ismoil Gonsalvesh ishtirok etdi.

SHota Arveladze: "Jamoa uchun biroz qiyin davr o'tmoqda. 1:0 har doim havfli hisob. O'yinga qaraydigan bo'lsak, raqib bizning darvozamizga zarba bera olmadi. Qaysidir vaziyatlarda pas bera olmadik yoki zarbaga etib bormadik. Zaxiradan tushgan futbolchilar bizga katta foyda berdi. 

Masalan, Andreev tushgach Kozak tayanch zonaga o'tdi, Bahrom markazda chiroyli o'ynadi. Kozak tayanch yarim himoyachi sifatida ham yaxshi harakat qilishini isbotladi. Superligada g'alaba qozonish juda qiyin.

Boshqa taktik sxemalar? Miyamda o'ylab qo'ygan boshqa taktik sxemalar bor. Biroq uni amalda bajarish shart emas. Raqiblarimiz bizga qarshi har doim himoyaviy o'yin namoyish etishmoqda. Ahamiyat bergan bo'lsangiz, bugun o'yin davomida Bezerra hujumga o'tib o'ynadi. Uchrashuvning malum qismini ikki hujumchi bilan o'tkazdik.

"Paxtakor"ga qarshi o'yinlarga raqiblar alohida taktik reja, yani 5 himoyachi bilan harakatlanmoqda. Biz ko'proq gollar urishimiz ham mumkin edi. Ammo yaratilgan vaziyatlardan etarlicha foydalana olmadik. Birinchi bo'limdayoq o'yin taqdirini hal etib qo'yish imkoniyati bo'lgandi.

Abduraximov? Uning poziciyasida katta raqobat bor. Yaxshiboevga ham imkoniyat berishga harakat qildik. Baha bugun yaxshi o'ynadi. Zaxiradan tushib o'yinni kuchaytira oldi. Jamoa ham yaxshi o'ynadi.

Durangga mos o'yin bo'ldi? Raqib murabbiysining gaplarini muhokama qilmayman. Ularni fikrini ham hurmat qilaman. Bugun xavfli vaziyatlarni biz yaratdik. Jalolda va Jasurda yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Bugun darvozabonimga ko'p ish bo'lmadi, bo'lganini ham eslay olmayman.

"Paxtakor" chempion bo'ladimi? Oldimizda hali juda ko'p tur bor. Biz chempionlik uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. CHempionat juda qiyin o'tmoqda. Hozircha kelajak borasida biror gap aytish qiyin. Barcha ishlashi, o'z o'yinini kuchaytirishi kerak. CHempionlik yo'lida o'yinimiz kuchaytirib borishimiz lozim.


Ismoil Gonsalvesh: "Bugun qiziqarli va qiyin o'yin bo'ldi. O'tgan turdagi mag'lubiyatdan keyin holatimizni tiklab olishimiz kerak edi. Bugun yaxshi o'yin ko'rsatdik va kerakli natijaga erishdik. Faqat penaltidan gol uryapman? Yangi iqlim, yangi mamlakat va yangi jamoa. Tabiiyki, moslashish jarayoni juda qiyin bo'lmoqda. Til borasida, futbolchilar bilan muloqot qilish qiyin bo'lmoqda. Malum bir muddatdan keyin yaxshiroq saviyaga kiraman va o'zimning optimal sport formamni qaytaraman. Buning uchun mehnat qilishda davom etyapman.


Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика