So’nggi yangiliklar

01:55"Челси" "Бетис"ни йирик ҳисобда мағлуб қилиб, Конференциялар лигасида ғолиб чиқди!  28 01:45U21 биринчилиги. "Сўғдиёна" "Бухоро"ни, "Навбаҳор" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  1 01:01Килиан Мбаппе "Реал"даги биринчи мавсумини баҳолади  3 23:31Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияга қарши ўйин олдидан йиғинларни бошлади  1 22:47“CAFA U-17 Championship 2025”. Ўзбекистон ўсмирлари Эронга қарши фантастик камбэк қайд этиб, финалга йўл олишди!  9 22:24Ямал "Барса" сафида 2031 йилгача ўйнайди! Супер юлдузнинг янги шартномаси ҳақида (мутолаа учун)  8 21:49"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб олишни истамоқда. Футболчи ҳам рози  2 21:25Лаутаро Мартинес "Барселона"га қарши жароҳат билан ўйнаганини айтиб берди  2 21:02Миллий терма жамоа Жаҳон чемпионати йўлидаги охирги йиғинни бошлади  6 20:42"Ман Юнайтед" Малайзиядаги йиғинда Жануби-Шарқий Осиё юлдузлар жамоасига ютқазди  2 20:20Марадона мухлислари футболчининг ўлимида айбланаётган шифокорга ҳужум қилишди  3 20:05Ўзбекистон миллий терма жамоасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ   5 19:45Игорь Сергеев: "Астойдил тайёрланамиз ва шунга монанд жанг қиламиз"  27 19:35Ислом Тўхтахўжаев: "БААдан байрамона кайфиятда қайтиш насиб қилсин"  12 19:25Францияга қарши ўйнайдиган Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  1

SHoshmang, nima bu, finalmi? Yangiliklar

SHoshmang, nima bu, finalmi?

Teglar :  Real MadridYuventus
Evropa chempionlar ligasi 1/4 finalida o'tgan yilgi chempionlar to'qnash kelishadi.

“Real Madrid”
Bosh murabbiy Zinedin Zidanning jamoasi bu mavsumda Ispaniya chempionatida ishlari unchalik yurishmayapti. “Barselona” 1-o'rinni band etib turgan bir paytda, “Real” bor yo'g'i 3-o'rinni egallab turibdi, xolos. Ikkinchi pog'onada esa Madridning boshqa bir klubi — “Atletiko”. “Real” hozirda 60 ochko to'plagan bo'lsa ham, kataloniyaliklardan naqd 15 ochko, “Atletiko”dan esa 4  ochkoga ortda qolmoqda. “Real”ni 56 ochko bilan “Valensiya” taqib qilib kelmoqda. So'nggi beshta o'yin madridliklar uchun unchalik ham qiyinchilik tug'dirmadi. “Qaymoqranglilar” faqatgina “Espanol” jamoasiga mag'lub bo'ldi. Asosiy vaqtga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda kataloniyaliklar madridliklar darvozasiga yo'l topa oldi.

Zinedin Zidan boshliq jamoa CHempionlar Ligasida ishonch bilan odimlamoqda. Musobaqaning 1/8 finalida PSJ ustidan g'alaba qozonildi. Uyda 3:1, mehmonda 2:1 hisobi qayd etildi. Bu ikki o'yinda ham Madridning asosiy bombardiri Krishtianu Ronaldu asosiy rollardan birini ijro etdi.

“Yuventus”
Yuventus Italiya chempionatida birinchi o'rinni egallab kelmoqda. “Yuve”ning bu mavsum asosiy raqibi “Napoli” klubi hisoblanadi. Massimiliano Allegri jamoasidan o'zib ketishi uchun bu klubga 5 ochko etishmayapti. “Yuventus”ning Italiya chempionatida statistikasi hayratlanarli. Turin jamoasi 28ta o'yindan 24tasida g'alaba qozondi. SHuningdek, Allegri shogirdlari qolgan 4ta bahsning 2tasida yutqizgan va 2tasida durrang natijaga erishgan. Ular “Lacio” bilan bo'lgan uchrashuvda biroz qiynalishdi. “Yuve” Rim jamoasiga 2ta o'yinda mag'lub bo'ldi. “Keksa senora” klubi “Atalanta” (2:2) va “Inter” (0:0) jamoalari bilan bo'lgan bahsda durrang natijani qayd etdi.  CHempionlar Ligasi 1/8 finalida “Tottenxem” ustidan g'alaba qozondi. Bu ikki jamoa o'rtasidagi uchrashuv “Real”-PSJ o'yiniga qaraganda ancha qiyinroq kechdi. Turinda bo'lgan birinchi o'yin durrang (2:2) natija bilan tugagan bo'lsa, Londonda bo'lgan hal qiluvchi bahs 2:1 hisobda “Yuventus” g'alabasi bilan yakunlandi. Angliya klubiga qarshi o'yinlarda turinliklarning ishongan hujumchisi Gonsalo Iguain 3ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.    

Ulardan qay biri favorit?
“Real” va “Yuventus” jamoalari to'g'risida gap ketganida, futbol muxlislari o'rtasida qay biri kuchliroq  ekani haqida bahs bo'lishi tabiiy.
“Yuventus” tarkib jihatidan Italiyadagi eng kuchli jamoa desak, adashmaymiz. “Keksa senora”da Italiya terma jamoasining asosiy o'yinchilari va Argentina termasining ikki eng yaxshi hujumchisi o'ynaydi. “Real”ga nazar tashlaydigan bo'lsak, unda butun dunyodan yig'ilgan top o'yinchilar bor. Ana shuning uchun ham, “Real” tarkibi “Yuventus”nikidan kuchli bo'lsa kuchliroqki, ammo kuchsiz emas.

Ko'pchilik futbol muxlislari bu juftlikda “Real”ni favorit deb hisoblaydi. SHu kunga qadar, Madrid klubi 12 marotaba CHempionlar Ligasi bosh sovringa sazovor bo'lgan bo'lsa, Turin jamoasi bu mukofotni bor yo'g'i 2 martta qo'lga kiritgan. “Real” kuchliroq ekaniga yana bir isbot, u CHL tarixida juda ko'p top-klublarni ortda qoldirgan. Jumladan, o'tgan yilgi finalda ham “Qirollik klubi” aynan turinliklarni mag'lub etdi. SHuning uchun ham, madridliklar favorit deb aytilmoqda. Ammo bu futbol va unda ko'plab kutilmagan voqealar sodir bo'ladi. Axir, shuning uchun ham siz va biz futbolni yaxshi ko'ramizku!    

sports.ru saytidan Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика