So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

SHoshilmadi - Maestro Yangiliklar

SHoshilmadi - Maestro

"Paxtakor"ning kechagi yorqin o'yinini juda ko'pchilik etirof etdi.

Ochig'i, stadionda ham ajoyib muhit va kichik anshlag kuzatildi. To'g'ri, stadion liq to'lgani yo'q. Lekin mazkur bahaybat o'yingohni to'ldirish uchun O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi o'yin yoki "Paxtakor" shunday dadil o'ynashda davom etmog'i lozim.

"Al Sadd" bilan o'yinda juda ko'pchilik kuchli "Paxtakor"ni ko'rganini takrorlayapti. Aslida mavsum startidan buyon kuchaygan, o'yin sifatini yaxshilab, bundan naf chiqarayotgan jamoani ko'ryapmiz. Avval ham takidlaganimdek, "Paxtakor"dagi ichki muhitning yaxshilangani jamoaning natijalari va o'yinida ham tobora o'z aksini bermoqda.

"Nasaf"ga qarshi o'yindagi hakamning xatolari tasirida "Paxtakor" manzili tarafga nisbatan negativ yana paydo bo'lishni boshlagandi. Bu tabiiy jarayon. Yana hakamlar xatosi va bazilara o'sha eski tasavvur paydo bo'lgandek taassurot qoldirgandi.

Juda ko'p aytilganidek, ayniqsa Berdiev matbuot anjumanida takidlagandek, bu "Paxtakor"ga hakamlar yordami kerak emas. Bu jamoa o'z kuchiga, murabbiy tanlagan falsafa va yo'lga qo'yilgan o'yin uslubiga tayanib futbol o'ynaydi.

Ko'pchilik buni kechagi Xavi, Gabi va Bag'dod Bunedja kabi juda o'tkir "snayperi" bor "Al Sadd"ga qarshi bahsda yana bir bor guvohi bo'ldi. Tan olish kerak, "Al Sadd" Xavi faktori evaziga "Paxtakor" darvozasini ikki marotaba aniq poyladi. Bu erda ortiqcha savol yoki etirozga hojat yo'q. Maestro o'z ishini qildi.

Aksincha, boshqa bir jihat, "Paxtakor" mazkur muammolar to'sig'idan qay tariqa dadillik bilan o'tgani etiborga molik. Xavining birinchi golidan keyin "Paxtakor"ni nafaqat tajribali va yuksak futbolchilarga ega jamoa oldida nima qilishi qiziq, balki yangi mavsumda ilk bor birinchi bo'lib o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborgach qanday yo'l tutishi men uchun yangi va katta savolga aylandi.

Ochig'i, Xojiakbar Alijonovning super goligacha va golidan keyingi o'yini yuqoridagi birinchi jihat, yani Arveladze jamoasi o'sha eski ishini bemalol eplay olishini tushunishim uchun etarli bo'ldi. Xavining jarima zarbasidan yo'llagan zargarona golidan keyin ham vaziyat o'nglangani hech bir savolga o'rin qoldirmadi.

O'sha-o'sha "Paxtakor", hech qanday raqib jamoani asl o'yin qiyofasini o'zgartirishga majbur eta olmasligi kishini quvontirdi. Qati o'yin uslubiga rioya etgan holda o'z uslubidan voz kechmaydigan jamoani kuchli raqib ham hurmat qilishga majbur bo'ladi. Kecha shu narsa isbotlandi.

"Paxtakor" joriy mavsumda ilk bor birinchi bo'lib gol o'tkazdi va o'yin davomida ikki marotaba hisobda orqada qola turib vaziyatni o'ngladi. Mavsum davomida ilk marotaba bunday qiyin vaziyatga tushgan, yana kimsan Xavi va Gabi o'ynayotgan jamoaga qarshi, minglab muxlislar qarshisida o'ynagan "Paxtakor" bu qiyinchiliklarni mardonavor engib o'tgani jamoada xarakter shakllanganidan darak beradi. Bu juda muhim jihat. Qiyin sinovdan jamoa ko'ngildagidek o'tdi, nazarimda. To'g'ri, g'alaba qozonmadi. Ammo kechagi holat, epizodlar va o'yin scenariysidan kelib chiqsak, durang natijasi qoniqarli natijaga teng. Deyarli g'alabaga teng durang. Quvonarlisi, jamoa futbolchilari o'yindan keyin to'liq potenciallaridan foydalanishmaganini his etib turishdi. CHunki g'alaba to'pini kiritish uchun ham etarlicha vaziyatlarga ega bo'lindi. Qaysidir manoda uchinchi golni urishda omad etishmagan bo'lsa, bazida jamoa ikkinchi bo'lim o'rtasida biroz toliqib qolgani o'z tasirini ko'rsatdi. Nafaqat jismoniy charchoq, balki jamoa ruhan ham ancha kuchni sarflagandi. Juda ko'p emociya sarflandi.

Kechagi o'yinning dangal xulosasi shuki, "Al Sadd" faqatgina Xavi faktori evaziga durang o'ynadi. Jamoaviy o'yinda yoki qolgan individual harakatlarda "Paxtakor" raqibidan hech bir jabhada qolishmadi, balki ulardan ustunligini namoyish etdi.

Vaholanki "Al Sadd" tarkibida Qatar terma jamoasining asosiy o'zagi, yaqindagina Osiyo chempionlari bo'lgan futbolchilar, Jahon va Evropa chempioni Xavi, "Atletiko" bilan Ispaniyada tengsiz bo'lgan Gabi kabi yuqori elitani ko'rib pishgan futbolchilar jamlanmasi yig'ilgandi. Ammo kecha "Paxtakor" o'yin taraflama raqibidan ochiqchasiga ustunlik qildi.

Xavining gollari ijro mahorati xosili. "Paxtakor"ning gollari pozicion va kombinacion hujum mevalari.

Yana bir jihat, nafaqat Osiyo, balki jahonda gol urish bo'yicha haqiqiy gol-mashinasiga qiyoslanayotgan Bag'dod Bunedja "Paxtakor" mudofaa chizig'i vakillari tomonidan mustahkam ushlandi, butkul zararsizlantirildi. Deyarli imkon berilmadi. O'tgan yili Qarshida Golban uddalagan ishni, bu safar Igorning sobiq jamoadoshi Azamov takrorladi. Akrom Afif ham yaqqol ko'rinish berolmadi, zaxiradan tushirilgan Haydosga imkon berilmadi. Qisqa qilib aytganda, "Paxtakor"ning barcha chiziq vakillari o'z ishlarini alo darajada uddalashdi.

Toshkentdagi sermahsul durang, narigi o'yindagi "Persepolis" g'alabasi "Paxtakor"ni guruhda peshqadam sifatida qolishini taminladi.

Qatardagi o'yinda Toshkentdagidan qiyinroq bo'ladi. Lekin "Paxtakor" jamoaviy o'yin evaziga "Al Sadd" bilan mehmonda ham o'ynay olishini ko'rsatdi. Buni Dohada isbotlash qoldi xolos.

O'yindan avval "Al Sadd" bosh murabbiyi Jezualdo Ferreyra "Paxtakor" deyarli o'rtadagi balans meyorini bir maromda ushlaydigan jamoa ekanligini aytib, ideal jamoaga qiyoslagandi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida ham menga qarab, kechagi gapim bugun isbotlandi, degan ishorani qildi. Bu raqibga berilgan xolisona baho va etirofga teng.

Xavi ham "Paxtakor"ning o'yini va kuchini munosib baholab, alohida etirof etdi. Jaloliddin Masharipovning individual harakatlarini takidlab, jamoaning har ikkala qanoti juda katta xavf solganini qo'shimcha qildi.

Ochig'i, raqib tomoni bizning jamoalar haqida shunchaki navbatchi shablon fikrlar o'rniga tan olib qayd etgan jihatlarini eshitish yanada yoqimli bo'ldi.

Futbol, o'yin, natija va "Paxtakor"ning xarakteri kishini quvontirdi, yoqimli bo'ldi. Faqatgina kechagi o'yin uchun jamoalar teng miqdorda 1 ochkodan olishgani biroz alam qildi. Nazarimda, "Paxtakor" kechagi o'yini uchun 1 ochkodan ko'prog'iga munosibroq ko'rindi. Biroq futbolda bir futbolchining yuksak darajasi va ijro mahorati natija uchun qanchalik farq berishini amalda ko'rdik.

SHu o'rinda Arveladze haqida: O'tgan yili Qarshidagi o'yindan keyin "Paxtakor"da murabbiy imzosi ko'rina boshlagani, O'zbekiston Kubogi finalidan keyin maqolada aytganim, yani nega Arveladzega bu qadar ko'proq berilgan ishonch krediti va uning uslubi uchun malum vaqt talab etilishi. Yoki chempionat tugaganidan so'ng katta intervyuda aytilgan gaplar va yakunda muallif tomonidan berilgan xulosa va yangi mavsumdagi gaplar.

Hozircha, aytilgan gaplar haqiqatga mos kelmoqda. Natija yaxshilanib, o'yin shakllanishda davom etmoqda. Murabbiy Toshkentga kelganidan so'ng barcha jihat taraflama yuqoriga o'sish kuzatilayotganini anglash qiyin emas.

Misol uchun, Arveladze 2017 yili jamoani ikkinchi davrada qabul qildi va dastlabki yarim mavsumida bronza medallariga ega chiqdi. O'tgan yili bronza kumushga aylantirildi. Bu yili hozircha jamoa yuqori tezlikda, muhimi, ishonchli va dadil ketmoqda.

Arveladzening dastlabki o'yinida "Paxtakor" stadioniga o'rtacha 2-3 ming muxlis tushardi. O'tgan yili bu ko'rsatkich o'rtacha 8 mingga yaqinlashdi. Joriy mavsumda esa nafaqat o'yin sifati yoki natija keskin o'zgarmoqda, balki tomoshabin tashrifi ham yuqorilab ketmoqda.

Qaytaraman, hozirdanoq murabbiy yangi mavsum missiyasini bajardi, deb baralla aytishga juda erta. Bu shunchaki boshlang'ich yo'l. Manzil esa hali uzoq. Lekin qilingan va qilinayotgan ishlar etirofga munosib. Klub tizimida, ishlash jarayoni, mashg'ulotlar dasturi tartibiga rioya etish, har bir kichik detalga etibor bilan yondoshuv va hokazo.

Arveladzening "Paxtakor"da futbol madaniyatini o'zgartirayotgani o'zbek futboliga ham yaxshi taraflama tasir etishni boshlagan. SHu narsa yanada muhimroq.

Meni yanada xursand qilayotgani, yangi mavsumda chempionatimizda kuchli mutaxassislar ishlashmoqda. Yanada qadrli tarafi, Qosimov, Abramov, Berdiev singari etakchi mutaxassislarimiz nisbatan qiyin holatdagi jamoalarimizni boshqarishmoqda. Aynan ular qiyin sharoitda ham futbolchilarni, jamoalarni yuqori cho'qqiga olib chiqish salohiyatiga ega. SHu taraflama olib qaralsa, bu yilgi chempionat va umuman futbol mavsumi menga juda yoqmoqda.

Futbolda murabbiy imzosi naqadar katta ahamiyat kasb etishi yana bir bor isbotlanmoqda. Arveladze esa mazkur imzoni changib qolgan klub tizimidan boshladi. SHoshilmadi — Maestro.

Muallif :
Reyting: +96   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика