SHOSHILINCH XABAR: Xabi Alonso "Real Madrid"ni tark etdi!

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2026, 22:17
Madridning "Real" klubi bosh murabbiy Xabi Alonso bilan xayrlashganini rasman e'lon qildi.

Klub bayonotiga ko'ra, tomonlar amaldagi shartnomani o'zaro kelishuv asosida bekor qilishga qaror qilishgan.

"Qirollik klubi" rahbariyati Alonsoga qilgan mehnatlari va jamoa bilan erishgan natijalari uchun minnatdorchilik bildirdi. Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso Madrid grandi tepasiga kelganidan so'ng jamoaga yangicha uslub olib kirgan va muxlislar mehrini qozongan edi. Biroq so'nggi vaqtlardagi natijalar yoki murabbiyning shaxsiy qarori ushbu ajralishga sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.

Kecha "Real" Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga imkoniyatni boy berdi (2:3). La Ligada esa madridliklar 19 turdan so'ng 45 ochko jamg'argan holda 2-o'rinda borishmoqda va peshqadam "Barsa"dan 4 ochkoga ortda qolishyapti.

Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso 2025 yilning yozida "Real" boshqaruviga kelgan va klub bilan 2028 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagandi. Ispaniyalik mutaxassis jamoa tepasida hozirgacha 34 ta o'yin o'tkazib, 24 ta g'alaba, 6 ta mag'lubiyat va 4 ta durang qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com