So’nggi yangiliklar

23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" – "Брайтон". Ҳусанов кутилганидек асосий таркибда!  7 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  1 23:03Испания Суперкубоги. "Барселона" – "Атлетик". Бошланғич таркиблар аниқ!  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  13 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  7 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  99 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6

"SHo'rtan"ga bu mavsum qiyin bo'ladi-yov (Mulohaza) Yangiliklar

"SHo'rtan"ga bu mavsum qiyin bo'ladi-yov (Mulohaza)

G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi bir yillik tanaffusdan so'ng oliy ligaga qaytdi va bu mavsum o'z kuchini yana elitada sinab ko'radi.
Jamoa hozir oliy liganing boshqa ishtirokchilari kabi yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda. G'uzorliklar kecha "Obod" suniy maydonida "Olmaliq"qa qarshi PFL Kubogining chorak finalida maydonga tushib, 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi. "Olmaliq"ning asosiy tarkibi Turkiyaga jo'nab ketgani bois o'rniga o'rinbosarlar harakat qilishdi.



Aytish mumkinki, 65 daqiqa davomida "Olmaliq" yoshlari "SHo'rtan"ning asosiy tarkibiga jiddiy qarshilik ko'rsatishdi, biroq yakunda tajriba baribir o'z so'zini aytib, oliy liga vakili yirik hisobda zafar quchdi. Garchi o'yinda 4:0 hisobi qayd etilgan bo'lsa-da, "SHo'rtan" raqibiga qaraganda katta ustunlik qildi deyish mushkul. Ayniqsa, birinchi taymda o'yini hech qovushmadi. Jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'plar ko'p hollarda "Olmaliq" futbolchilariga borib tushaverdi, buning ustiga "SHo'rtan"da bitta qulay imkoniyatdan foydalanib gol uradigan futbolchi ko'zga tashlanmadi.

"SHo'rtan"ning asosiy tarkibi quyidagicha ko'rinishda bo'ldi: darvozani Temur Jo'raev qo'riqladi. Himoyada chap tomondan boshlab SHerzod SHaripov, Darko Stanoevich, Umar Eshmurodov, Jamol Otaqulov harakat qilishdi. Yarim himoyada esa yana chap qanotdan boshlab Laziz Ubaydullaev, G'ulom-Haydar G'ulomov, Eldor Boymatov va Viktor Karpenko o'ynadi. Hujumda Suhrob Berdiev - Viktor Klishin juftligi to'p tepdi.



Lekin shu tarkib ham "Olmaliq" o'rinbosarlariga qarshi ancha qiynaldi. Ko'p vaziyatlarda tajribali Karpenko o'yinni o'ziga olishga intildi, biroq uning yonida o'ynagan G'ulom-Haydar bilan Boymatov yaxshi paslarni yo'qqa chiqaraverdi. Bilamizki, hozirgi futbolda markaziy yarim himoyachilar "portlovchi" bo'lishi kerak. G'ulom-Haydar G'ulomovda "portlash" hissi bor, ammo to'p uzatishlari juda aniq emas. Ammo Eldor Boymatovda shu narsa ham ko'zga tashlanmayapti. Natiijada surxondaryolik futbolchi ko'p hollarda o'yindan uzilib qolgandek tuyulaverdi. Laziz Ubaydullaevga esa aftidan o'tgan yili kam o'ynagani pand beryapti. Bir paytlari Ubaydullaev qanaqa futbolchi edi-ya! Tezkor va aldamchi harakatlari bilan raqibini shoshirib qo'yardi. Lekin kechagi o'yinda uning bor-yo'qligi deyarli bilinmadi.

Agar shu bahsdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, "SHo'rtan"ning himoyachilariga ham etiroz etarlicha topiladi. Masalan, legioner nomini oqlashi kerak bo'lgan Darko Stanoevichda birinchi paslar deyarli o'xshamadi. Sal chaqqonroq hujumchining undan o'zib ketishi hech gap emas. Darko o'ziga kelgan to'pni tepib yuborsa bo'lgani, sal bittasini aldab yarim himoyachiga to'pni etkazib bermayapti. Umar Eshmurodov esa asosiy tarkibdan joy olish uchun astoydil harakat qilmoqda. Menga nomi chiqqan o'yinchi bo'lmasa-da, maydonda bor kuchi bilan harakat qiladigan futbolchilar yoqadi. CHunki faqat harakatgina g'alabani taminlaydi. Maydonga chiqdingmi, o'xshasa-o'xshamasa harakat qilaverish kerak. SHunda qachondir harakat o'z samarasini berib, jamoa g'alaba qozonadi.



Viktor Klishindek hujumchi esa o'rinbosarlar darvozasiga ko'zini yumib bo'lsayam gol urishi kerak. Axir u o'tgan yil birinchi ligada qirqqa yaqin gol urdi. Tushunamiz, hali mavsum boshlangani yo'q, balki futbolchi o'z formasida emasdir, lekin mavsum boshlanishiga ham kam vaqt qoldi. Bir oydan kam qoldi. Salkam bir oy ichida hujumchi o'zining yuqori formasiga chiqa oladimi? Ishonish qiyin. Suhrob Berdiev esa "SHo'rtan"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lsa ajab emas. Bu bolada salohiyat yuqori, faqat ishlashda davom etishi kerak.



"SHo'rtan"ning asosiy tarkibi ancha o'zgarib ketibdi. Kecha asosiy tarkibda maydonga tushgan 11talikdan 8 futbolchi yangi. O'tgan yil o'ynaganlardan Jamol Otaqulov, Umar Eshmurodov va Viktor Klishin bor ekan. SHuningdek, zaxiradan tushgan Samandr SHodmonov, Igor Taran, Mirzakamol Kamolov singari o'yinchilar ham bu yil jamoaga kelib qo'shilishdi. Bosh murabbiy Muxtor Qurbonov oliy ligada suyagi qotgan o'yinchilarni yig'ib oldi. Endi gap ularning bir jamoa bo'lib o'ynay olishida. Lekin buning uchun hali ko'p ishlash kerak bo'ladi. Bu yoqda esa oliy liganing 1-turi boshlanishiga tobora kam vaqt qolyapti. Eslatib o'tamiz, "SHo'rtan" birinchi turni safarda "Neftchi"ga qarshi (14 mart) o'tkazadi.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика